"O‘zagrosug‘urta" — “Tashkent Digital Marketing Forum 2024” VIP-hamkori
“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati haqli ravishda mamlakatimiz sug‘urta kompaniyalari orasida yetakchi o‘rinni egallaydi. Kompaniya 1997-yildan buyon xalqaro va ichki bozorda o‘z faoliyatini olib boradi, yuridik va jismoniy shaxslarga majburiy va ixtiyoriy sug‘urta sohalarida to‘liq ko‘lamda hamyonbop va sifatli sug‘urta xizmatlarini taqdim etadi.
— Kompaniya o‘z sug‘urta xizmatlarini nafaqat yirik shaharlarda, balki respublikaning eng chekka hududlarida ham amalga oshiradi. U butun O‘zbekiston bo‘ylab filiallar va markazlarning eng keng yoyilgan tarmog‘iga ega bo‘lib, shu sababli mijozlar ehtiyojlariga tezkor munosabat bildirib, yuqori sifatli xizmatlar ko‘rsatadi.
— Kompaniya 150 dan ziyod sug‘urta xizmatlarini taqdim etadi va bugungi kunda ularning 26 tasi onlayn-sug‘urta sanaladi.
Kompaniya yutuqlari va reyting:
— milliy darajada barqaror prognoz bilan “UzA++” to‘lovga layoqatlilik reytingi;
— “Fitch Ratings”dan “BB-” darajasida moliyaviy barqarorlik xalqaro reytingi (prognoz – “Barqaror”);
— ISO 9001 sertifikati – menejment va sifat tizimi.