Lactalis Group —"Tashkent Digital Marketing Forum"ning hamkori!

15 Февраль, 2024

Lactalis Group — sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi raqamli fransuz kompaniyasi bo‘lib, 1933-yilda Laval shaharchasida ta'sis etilgan. O‘zbekistonda kompaniya President, Lactel va Santal brendlari bilan tanilgan.
Barcha brendlar mahsulotlarining yuqori sifat nazorati yirik Yevropa ishlab chiqaruvchisi tomonidan kafolatlangan.

President — bu 1968-yildan buyon o‘zida oila tarixi, fransuz mahorati va an'analarini saqlab kelayotgan xalqaro brend. President brendi ostida O‘zbekistonda sariyog‘, eritilgan pishloqlar, qattiq pishloqlar, tvorogli pishloq, labne, tvorog, smetana va qaymoq taqdim etilgan.

Lactel — bu 1967-yildan buyon sut mahsulotlari bo‘yicha xalqaro ekspert. Lactel brendi dunyoning 50 dan ziyod mamlakatlarida taqdim etilgan. O‘zbekiston bozorida Lactel brendi ostida sut, sutli kokteyllar, sariyog‘, shuningdek tvorojki, ichimlik va qoshiqli yogurtlar taqdim etilgan.

Lactalis Group — to‘qqiz o‘n yillik, bitta o‘zgarmas retsept: ishtiyoq va innovatsiyalar!

Youtube Instagram