"HOMESHOW" – 8,9,10 noyabr 2023 yil.
"HOMESHOW" – 8,9,10 noyabr 2023 yil.
O'zbekiston mebel bozorining asosiy tadbiri bo'ladigan eng yirik mebel sanoati ko'rgazmasi.
“HOMESHOW” - SHOW formatidagi ilk koʻrgazma boʻlib, unda mahalliy va xorijiy mebel/dekor ishlab chiqaruvchilari, shuningdek, dizaynerlar uy, ofis, kafe/restoran va mehmonxonalar uchun tayyor yechimlarni isteʼmolchilarga taqdim etadi.
Ushbu 3 kun davomida Homeshow Markaziy Osiyodagi eng yirik ko'rgazma zaliga aylanadi, unda turli toifadagi va turli narx diapazonidagi mebellar namoyish etiladi.
Tadbir tashkilotchisi: "MEYOS" Mebel va yog‘ochsozlik sanoati uyushmasi.
Rasmiy ko'mak: O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.
Ko'rgazma an'anaviy tarzda tayyor mebel ishlab chiqaruvchilar, uskunalar, butlovchi materiallar, mebel kimyoviy moddalari, aksessuarlar va boshqa mebelsozlik doirasida qiziqarli yangiliklarni taqdim etadi.
Mazkur ko‘rgazmaning asosiy afzalliklaridan biri O'zbekiston mebel ishlab chiqaruvchilari uchun o‘z mahsulotlarini namoyish etish va xorijiy xaridorlar e’tiborini jalb qilish uchun ajoyib imkoniyat taqdim qilishidir.
Mazkur ko‘rgazmada ishtirok etish mamlakatimiz eksportini kengaytirish va xalqaro bozorga chiqishga salmoqli hissa qo‘shmoqda.
“HOMESHOW” - ko'rgazmasining asosiy maqsadi mebel sanoatini milliy darajada qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishdir.
Ko‘rgazma tashkilotchilari ishtirokchilarga mahsulot sifatini va mahorat darajasini oshirish maqsadida turli dasturlar, o‘quv seminarlari, mahorat saboqlari va ma’ruzalarni tashkil etadi.
TASHKENT, UZEXPOCENTER, 1-2 PAVILION.
+ 998 (98) 362 22 88