E'tiboringizga «Kun brendi» rukni doirasida yangi qatnashchini taqdim etamiz
Yaponamama — birinchi va eng keng ko‘lamga ega panosiyo taomlari restoranlarining milliy tarmog‘i.
2014-yildan buyon, 9 yillik faoliyati davomida “Yaponamama” sushi va roll yetkazib beruvchi kichkinagina nuqtadan uchta yirik shahardagi 21 ta turli formatli filiallarga ega tarmoqqa aylandi — ular qatorida to‘laqonli, bolalar maydonchasiga ega flagman restoranlar ham, SKM mehmonlariga xizmat ko‘rsatuvchi fud-kortlarda nuqtalar ham, o‘zi bilan olib ketish uchun buyurtmalar tayyorlashga mo‘ljallangan ilk sushi-point va shaharlar bo‘ylab sayr qiladigan furgoncha ham mavjud.
“Yaponamama”ning asosiy ko‘rsatkichlari mehr, mijozga yo‘nalganlik va Halol tamoyiliga sodiqlikdir.
“Yaponamama” — bu shunchaki umumiy ovqatlanish tarmog‘i emas, bu har bir mehmon panosiyo taomlarining milliy jilolar uyg‘unlashgan ta'midan lazzatlana olishi, jamoaning mehmonnavozligi va e'tborini his etishi, oila va do‘stlar davrasida vaqt o‘tkazishi mumkin bo‘lgan maskandir.
Formati va joylashuvidan qat'i nazar, “Yaponamama” har doim o‘z mehmonlarini quvontirishga va ularning dam olish hamda mazali taomdan lazzatlanish uchun sevimli manziliga aylanishga tayyor, zero Mehr bor!