EBRD — "Tashkent Digital Marketing Forum"ning strategik axborot hamkori!
20 Февраль, 2024
EBRD “Kichik biznes uchun konsultatsiyalar” dasturi doirasida O‘zbekistonda tadbirkorlarga, bizneslarini rivojlantirishda konsultatsion ko‘mak va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatadi.
Dastur butun respublika bo‘ylab faoliyat yuritadi va Toshkent, Andijon va Urganchda EBRD ofislariga ega.
O‘zbekistonda “Kichik biznes uchun konsultatsiyalar” dasturi EBRD Kichik biznasga ko‘maklashish fondi (Italiya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Lyuksemburg, Norvegiya, Shvetsiya, Shveytsariya, Xitoy Taypeyi va AQSH), Yevropa Ittifoqi va Ayol-tadbirkorlarni moliyalash bo‘yicha xalqaro tashabbus (We-Fi) tomonidan moliyalanadi.