DIQQAT TANLOV

12 Февраль, 2024

“15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha eng yaxshi korxona”ni aniqlash uchun tanlov o‘tkaziladi.

Tanlovda korxonalar quyidagi yo‘nalishlarda g‘olib bo‘lishlari mumkin:

– Umumiy ovqatlanish
– Chakana savdo
– Onlayn savdo
– Ishlab chiqarish
– Moliyaviy xizmatlar
– Telekommunikatsiya xizmatlari

G‘oliblar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi vakolatli organ tomonidan ta’sis etilgan “Iste’molchi ishonchi” sifat belgisi e’tirofiga sazovor bo‘ladi.

Tanlov g‘oliblarini “15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” arafasida e’lon qilinadi va tantanali tarzda mukofotlash marosimida g'oliblarga sovg'alar topshiriladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun 30-yanvardan 15-fevralgacha www.raqobat.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun: (71) 207-47-00 (321, 266)

Batafsil saytda

Tanlov shartlari bilan tanishib chiqish

Kanalga ulanish

website | facebook | telegram | youtube | instagram | twitter