DIQQAT, TANLOV!
“15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha eng yaxshi korxona”ni aniqlash uchun tanlov o‘tkaziladi.
Tanlov korxonalar quyidagi yo‘nalishlarda g‘olib bo‘lishlari mumkin:
Umumiy ovqatlanish
Chakana savdo
Onlayn savdo
Ishlab chiqarish
Moliyaviy xizmatlar
Telekommunikatsiya xizmatlari
G‘oliblar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi vakolatli organ tomonidan ta’sis etilgan “Iste’molchi ishonchi” sifat belgisi e’tirofiga sazovor bo‘ladi.
Tanlov g‘oliblarini “15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” arafasida e’lon qilinadi va tantanali tarzda mukofotlash marosimida g'oliblarga sovg'alar topshiriladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun 30-yanvardan 15-fevralgacha www.raqobat.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun: (71) 207-47-00 (321, 266)
Kanalga ulanish: https://t.me/RaqobatGovUz
website | facebook | telegram | youtube | instagram | twitter