O‘zbekistonda birinchi marta M&R Day o‘tkaziladi.

08 Ноябрь, 2024

«Sidorin Lab» ORM-agentligi “Marketing & Reputation Day Tashkent”ga taklif etadi

Tadbir O‘zbekiston va MDHdan marketing va obro‘ni boshqarish tarmog‘i yetakchilarini, ekspertlari va professionallarini birlashtiradi.

Konferensiya:

  • Kompaniyalar sohiblari va bosh direktorlari
  • Marketologlar
  • ORM, SERM va ijtimoiy tarmoqlar monitoringi mutaxassislari
  • PR-mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi.

«Brand Analytics», «Index PR», «LiveDune», «ClickMe», «Sidorin Lab»dan spikerlar chiqish qiladilar. Ekspertlar hamjamiyatlar shaxsiy brendni ilgarilatishga qanday yordam berishi haqida so‘z yuritadilar, O‘zbekistondagi Telegram fenomenini muhokama qiladilar, mijozlar taassurotlarini qanday boshqarish kerakligini tushuntiradilar va brendlarga yangi darajaga chiqishda yordam bergan blogerlar bilan muvaffaqiyatli kollaboratsiya keyslari bilan o‘rtoqlashadilar.

27-noyabr, 10:00 – 17:00
O‘zbekiston, Toshkent, Boyqo‘rg‘on ko‘chasi, 2, Panarams Tashkent Hotel

Ro‘yxatdan o‘tish – havola orqali