O‘zbekiston brendlari o‘z yutuqlari haqida qanday so‘zlab berishlari mumkin? Yangilangan «Yil brendi» mukofoti va birinchi marketing reytingi

Keyingi vaqtlarda Apple va Tesla kabi brendlarning fenomenal muvaffaqiyati ko‘p muhokama qilinmoqda. Ularning jo‘shqin o‘sishi hech kimni befarq qoldirmaydi, ularni butun dunyoda biladilar va sevadilar.
O‘zbekiston bozorida-chi, qaysi brendlar eng muvaffaqiyatli sanaladi? Bizdagi iste'molchilar ishonchi va muhabbatiga sazovor yetakchilar kimlar?
Ushbu savolga marketing nuqtai nazaridan javob topishda 2021-yil dekabrda e'lon qilingan O‘zbekiston marketing uyushmasining Birinchi brendlar va agentliklar marketing samaradorligi reytingi va Kreativlik jamlama reytingi sizga yordam beradi.
Reytinglardagi ishtirok O‘zbekistondagi marketing sohasida eng samarali kompaniyalarning natijalari va yutuqlarini ularning professional festivallar va tanlovlardagi muvaffaqiyatlari orqali aks ettiradi (bu tadbirlarda ular o‘z faoliyatlari haqida eng yaxshi ekspertlarning fikr-mulohazalariga ham ega bo‘ladilar). Brendlar va agentliklar reytingi bugungi kunda O‘zbekiston bozorida o‘z maqomiga ega bo‘lish va ilgarilatishning to‘g‘ri strategiyasini baholashning yagona vositasi sanaladi.
Reytinglar qanday brendlar bozorda eng faolligini, qaysi kompaniyalar muvaffaqiyatliroq ekani va iste'molchilar bilan munosabatlarini ularning ehtiyojlaridan kelib chiqib qurishini, eng qiziqarli va ilg‘or mahsulotlar hamda xizmatlar kimda ekanligini aniqlash imkonini beradi.
Brendlar uchun Reytinglarda qatnashish – bu yil davomida faoliyati natijalarini namoyon etish, o‘z yutuqlari va yangiliklari to‘g‘risida so‘zlab berish imkoniyatidir. Qolaversa, Reytingda istalgan brend va agentliklar qatnashishi mumkin. Buning uchun O‘zbekiston marketing uyushmasiga ariza topshirish hamda O‘zbekiston va xorijdagi professional tanlovlardagi ishtirok va g‘alabalar haqida axborotni taqdim etish kerak. Reytinglarda qatnashish – bepul.
Shu yil fevralda O‘zbekiston brendlarida bu gal yangi formatda o‘tadigan V “Yil brendi” mukofotida qatnashish orqali Reytinglardagi ballarini ko‘tarish imkoniyati paydo bo‘ladi.
«Yil brendi» mukofotidan ko‘zlangan maqsad mahalliy bozorda muvaffaqiyatli ishlayotgan eng yaxshi marketing jamoalar va ekspertlarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, tadbirkorlikni, O‘zbekiston marketing xizmatlari bozorining infratuzilmasini rivojlantirish sanaladi.
Agar o‘tgan to‘rtta «Yil brendi» mukofotida qatnashish uchun brendlarni tashkilotchilar tanlagan bo‘lsalar, bu yil Mukofotda qatnashish brendlarning o‘zlarining arizalari bilan amalga oshadi.
«Biz nominatsiyalar ro‘yxatini o‘zgartirdik va har bir brend, faoliyat yo‘nalishidan qat'i nazar, ariza topshirish va Mukofotda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladigan qildik,- deydi O‘zbekiston marketing uyushmasi boshqaruvi raisi Diyor Mirzaahmedov.- Ariza brendning 2021-yildagi o‘z muvaffaqiyatlari haqidagi qisqacha taqdimoti ko‘rinishida qabul qilinadi va shu sababli, qabul fevral oyidayoq boshlanadi. Mukofot reglamenti allaqachon marketing.uz saytimizda chop etilgan, u bilan tanishib, taqdimotni tayyorlashga kirishish mumkin”.
V “2021 yil brendi” mukofoti – bu, birinchi navbatda, iste'molchilarning ochiq xalqona ovoz berishi bo‘lib, 2021-yilda u 300000 kishini qamrab oldi. Bugungi kunda ushbu har yilgi ovoz berish iste'molchilar sadoqati marketing tadqiqotining eng keng ko‘lamli tarmoq vositasi sanaladi. Parallel ravishda Uyushmaning 200 dan ziyod hamkorlari va ekspertlarining ovoz berishi o‘tkaziladi.
Mukofotda qatnashuvchi barcha brendlar keng ommaga brendning marketing yutuqlarini taqdim etish va iste'molchilar hamda ekspertlarning keng auditoriyasini 2021-yildagi biznesdagi muvaffaqiyatlari bilan tanishtirish imkonini qo‘lga kiritadilar. Mukofot g‘oliblari, iste'molchilar va ekspertlar e'tirofiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va O‘zbekiston marketing uyushmasi tomonidan “2021-yil brendi” maqomiga sazovor bo‘ladilar, bundan reklama va OAVda unumli foydalanish mumkin.
Va eng asosiysi, «2021-yi brendi» mukofoti natijalari O‘zbekiston marketing uyushmasi talqiniga ko‘ra har yilgi Brendlar va agentliklar marketing samaradorligi reytingiga kiritiladi.
G‘oliblar, an'anaga ko‘ra, may oyida “MAKON Marketing forum 2022” marketing biznes-forumida e'lon qilinadi.