“2021-YIL BRENDI” MUKOFOTI REGLAMENTI

15 Февраля, 2022

1. UMUMIY QOIDALAR

2. MUKOFOTLAR QADRIYATLARI

3. ARIZALARNI TAQDIM ETISH QOIDALARI

4. MUKOFOTLAR BOSQICHLARI

5. MUKOFOTLAR TASHKILOTCHILARI

6. EKSPERTLAR HAY'ATI

7. TAQDIM ETILAYOTGAN ARIZALARGA TALABLAR

8. NOMINATSIYALAR

9. HAY'AT VA ISTE'MOLCHILAR OVOZ BERISHI TARTIBI

10. OVOZ BERISH MEZONLARI

11. MUKOFOTLAR

12. KONTAKT AXBOROTI

1. UMUMIY QOIDALAR

“2021-yil brendi” mukofoti O‘zbekiston marketing uyushmasining har yilgi mukofoti bo‘lib, 2022-yilda beshinchi bor o‘tkaziladi.

Mukofot bilan o‘tgan yilda O‘zbekiston bozorida yuqori samarali marketing yutuqlariga erishgan eng muvaffaqiyatli brendlar taqdirlanadi.

“Yil brendi” mukofotidan ko‘zlangan maqsad mahalliy bozorda muvaffaqiyatli ishlagan eng yaxshi marketing jamoalari va ekspertlarini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, O‘zbekiston tadbirkorlik sohalari, marketing va reklama xizmatlari bozorining infratuzilmasini rivojlantirishdan iborat.

Mukofot natijalari O‘zbekiston Marketing uyushmasi talqiniga ko‘ra Brendlar marketing samaradorligi jamlama reytingida aks etadi.

2. MUKOFOT QADRIYATLARI

  • Iste'molchilarning ochiq xalqona ovoz berishi, u 2021-yilda 300000 kishini qamrab oldi. Bugungi kunda ushbu har yilgi ovoz berish O‘zbekistondagi iste'molchilar sadoqatini marketing tadqiq qilishning eng keng ko‘lamli tarmoq vositasi sanaladi.
  • Uyushmaning 200 dan ziyod yetakchi ekspertlari va sheriklarining ovoz berishi.
  • Brend marketing yutuqlarini keng ommaga taqdim etish imkoniyatlari.
  • 2021-yilgi biznes-muvaffaqiyatlarni iste'molchilar va ekspertlar keng auditoriyasi oldida qayd etish.
  • O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va O‘zbekiston marketing uyushmasidan iste'molchilar va ekspertlar e'tirofi asosida “2021-yil brendi” maqomini olish imkoniyati.
  • “2021-yil brendi” maqomidan reklama va ommaviy axborot vositalaridan foydalanish imkoniyati.
  • Mukofot natijalarini O‘zbekiston marketing uyushmasi talqini bo‘yicha har yilgi Brendlar marketing samaradorligi reytingiga kiritish.

3. ARIZALAR TAQDIM ETISH QOIDALARI

  • Mukofotga qatnashish uchun arizalar taqdim etish tashabbuschisi brendlar (yuridik shaxslar) sanaladi.
  • Mukofotda qatnashish uchun marketing.uz saytida avtorizatsiyadan o‘tish, arizaning barcha zaruriy maydonlarini: Mukofotning kontakt ma'lumotlarini, nominatsiyalar nomlarini, brend yoki brend mahsuloti nomini to‘ldirish va taqdimotni yuklash (pdf yoki YouTubedagi videoga havola) taomilini amalga oshirish kerak. Brend taqdimoti yuklangandan keyin “Yuborish” tugmasini bosib arizani jo‘natish kerak bo‘ladi. Tanlov tashkilotchisi kelib tushgan arizani Mukofot talablariga muvofiqlikka tekshiradi, ariza olingandan boshlab 3 ish kuni ichida ishtirokchiga qatnashish haqini to‘lash uchun shartnoma yuboradi. Ishtirok haqi to‘langach, taqdimot www.marketing.uz saytida aks etadi, brend esa Mukofot ishtirokchisi bo‘ladi.
  • Mukofotda qatnashish – pulli. Ishtirok narxi 1000000 so‘m. Valyutada to‘langanda narx to‘lov kunidagi MB kursidan kelib chiqib hisoblanadi.
  • O‘zbekiston marketing uyushmasi hamkorlari uchun 50% miqdorida chegirma beriladi.
  • To‘lov shartnoma asosida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank o‘tkazmasi yoki CLICK to‘lov tizimi orqali amalga oshiriladi.
  • Brendga muvofiq keluvchi bitta va undan ko‘p nominatsiyalarga taqdim etilgan brend taqdimoti ariza sanaladi.
  • O‘z vaqtida arizani taqdim etish, ishtirok haqini to‘lash talablariga rioya etilgandagina brend Mukofot ishtirokchisi sanaladi.
  • Ishtirok haqini to‘lash Mukofotdagi muvaffaqiyatli natijani kafolatlamaydi.
  • Mukofotda ishtirok etish ishtirokchi ushbu reglament bilan tanishib chiqqanligi va unga rozi ekanligini anglatadi. Ishtirok etish to‘g‘risidagi shartnoma rozilikning yozma tasdig‘i bo‘ladi.

4. MUKOFOT BOSQICHLARI

Arizalar qabul qilish va Mukofotdagi ishtirok haqini to‘lash muddati – 2022-yil 7-fevraldan 2022-yil 10-aprelgacha (shu kun ham kiradi).

Ekspert hay'ati va iste'molchilarning ovoz berishi – 2022-yil 10-apreldan 2022-yil 10-maygacha (shu kun ham kiradi).

Mukofot natijalarini e'lon qilish – 2022-yil 21-maydagi Taqdirlash marosimida.


5. MUKOFOT TAShKILOTChILARI

Mukofot tashkilotchilari quyidagilardir:

  • O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi;
  • O‘zbekiston marketing uyushmasi.


6. MUKOFOT EKSPERT HAY'ATI

Mukofot hay'ati tarkibi O‘zbekiston marketing uyushmasi hamkorlari, ekspertlari va ustoz-ekspertlari – tegishli professional tajriba va yutuqlarga ega marketing, reklama sohasidagi yetakchi mutaxassislardan tashkil etiladi.

Mukofot ekspert hay'ati:

  • marketing.uz saytida brend taqdimotlari bilan tanishadi;
  • Barcha nominatsiyalar bo‘yicha Mukofot g‘oliblarini aniqlaydi;
  • Mukofot g‘oliblarini taqdirlash marosimida qatnashadi.

Mukofot ekspert hay'ati tarkibi bilan tanishing:


7. TAQDIM ETILADIGAN ARIZALARGA TALABLAR

  • Mukofotda qatnashish arizasini taqdim etish www.marketing.uz saytida amalga oshiriladi.
  • Ariza taqdimot (ko‘pi bilan 10 ta slayd) yoki video-rolik (2 daqiqagacha) ko‘rinishida taqdim etilishi kerak.
  • Video-rolik YouTube.com kanaliga yuklanib, havolasi arizada ko‘rsatilishi kerak.
  • Iste'molchilarning o‘zbek va rus tillarida ovoz berishlari qulay bo‘lishi maqsadida, arizalar (brend taqdimotlari va/yoki video-roliklar) bir vaqtda ikki: o‘zbek va rus tilida qabul qilinadi.
  • Ekspertlar tomonidan g‘oliblar aniqlanishi natijalari 2022-yil 14-maydagi Taqdirlash marosimida e'lon qilinadi.
  • Ariza mazmuni. Brendning 2021-yildagi eng asosiy marketing yutuqlarining qisqa va lo‘nda tavsifi.


8. MUKOFOT NOMINATSIYALARI

  • Banklar, moliyaviy institutlar, sug‘urta: banklar, moliyaviy institutlar, lizing kompaniyalari, auditorlik kompaniyalari, kredit tashkilotlari.
  • Alkogolsiz ichimliklar: qahva, choy, sut, energetik ichimliklar, gazlangan va gazlanmagan suv.
  • Mehmonxonalar, restoranlar, kafe, keyteringlar: mehmonxonalar, restoranlar, kafe, qahvaxonalar, umumiy ovqatlanish joylari, keytering xizmatlari.
  • Davlat, jamoatchilik tashkilotlari va ijtimoiy loyihalar: davlat, jamoatchilik tashkilotlari va ijtimoiy loyihalar, xayriya
  • Axborot texnologiyalari va yechimlar: axborot texnologiyalari, IT-loyihalar, texnologik yechimlar, mobil ilovalar.
  • Tibbiy xizmatlar: xususiy va davlat tibbiyot markazlari, kosmetologiya klinikalari, tibbiy texnika, profilaktika, diagnostika, davolash va reabilitatsiya uslublari, tibbiy xizmatlar.
  • Logistika, taksi va yetkazib berish xizmati: logistik kompaniyalar, taksi xizmatlari, yetkazib berish xizmatlari.
  • Moda va go‘zallik industriyasi: kiyim-kechak, poyabzal, zeb-ziynatlar, kosmetika, parfyumeriya.
  • Fan va ta'lim: ilmiy loyihalar, ta'lim muassasalari, maktablar, OTMlar, taraqqiyot dasturlari, rivojlantiruvchi markazlar, til maktablari, bolalar lagerlari.
  • Ko‘chmas mulk, qurilish va qurilish materiallari: tijorat va turar ko‘chmas mulki, qurilish, development, rieltorlik, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq mahsulotlar va xizmatlar, qurilish materiallari.
  • Oziq-ovqat mahsulotlari: oziq-ovqat mahsulotlari, ziravorlar, yarim tayyor mahsulotlar.
  • Professional konsultatsiya xizmatlari: yuristlar, auditorlar, sotuvlar bo‘yicha konsultantlar, marketologlar, psixologlar, motivatorlar.
  • Ko‘ngil ochish, madaniyat va sport: festivallar, konsertlar, kinoteatrlar, teatrlar, yarmarkalar, muzeylar, ko‘rgazmalar, sport voqyealari, parklar, SKM, sport klublari
  • Chakana savdo: chakana savdo tarmoqlari, supermarketlar, do‘konlar, elektron tijorat.
  • OAV, blogerlar, hamjamiyatlar, inflyuenserlar, trendsetterlar: TV, elektron va bosma OAV, hamjamiyatlar, radiostansiyalar.
  • Telekommunikatsiyalar, internet: mobil operatorlar, telekommunikatsiyalar, internet xizmatlari.
  • Uy va ofis uchun texnika: audio va video, mashiy texnika, kompyuterlar, telefonlar, smartfonlar, planshetlar, “aqlli uy” tizimi.
  • Gigiena, salomatlik uchun tovarlar, maishiy kimyo: shaxsiy gigiena uchun tovarlar, maishiy kimyo, yuvish vositalari.
  • Uy uchun tovarlar (mebel, interer): mebel, interer ashyolari (yorug‘lik, to‘qimachilik, idish-tovoq, pardalar, dekor).
  • Bolalar uchun tovarlar va xizmatlar: bolalar ozuqasi, kosmetika va gigiena vositalari, kiyim-kechaklar, o‘yinchoqlar.
  • Transport: transport (yengil va yuk avtomobillari, mototsikllar, boshqa turdagi transport), yondosh tovarlar (shinalar, moylar, yoqilg‘i, aksessuarlar).
  • Turizm va sayohat: turistik kompaniyalar, kurortlar, sanatoriylar, dam olish uylari va zonalari, mahsulotlar va xizmatlar, bronlash servislari, aviakassalar.
  • Farmatsevtik kompaniyalar va preparatlar: farmatsevtik kompaniyalar va preparatlar.
  • Fitnes xizmatlari, sog‘lom ovqatlanish: fitnes-klublar, sport zallari, vitaminlar, BFQlar, energetik batonlar, ichimliklar, fitnes-dasturlar, mashq lagerlari, sport va mashq jihozlari
  • Boshqa tovarlar va xizmatlar.

9. HAY'AT VA ISTE'MOLCHILAR OVOZ BERISHI TARTIBI

  • Arizalarni qabul qilish muddati yakunlangach, ovoz berish jarayonlari boshlanadi.
  • G‘oliblar ekspertlar o‘rtasida alohida va iste'molchilar o‘rtasida alohida ovoz berish natijalariga ko‘ra tanlanadi.
  • Ekspert hay'atining ovoz berishi: ovoz berishda Mukofot ekspert hay'ati qatnashadi. Ovoz berish moderatori De Facto marketing agentligi sanaladi.
  • Shuningdek, Mukofotda maxsus sovrinlar ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, ularning sohiblarini ekspert hay'ati aniqlaydi.
  • Iste'molchilarning ovoz berishi: Uzbrand telegram-botida iste'molchilarning ochiq ovoz berishi orqali o‘tkaziladi, unda brendlarga ovoz berishni istagan barcha qatnashishi mumkin.
  • Iste'molchilar ovoz berishi statistikasi real vaqt rejimida marketing.uz saytida aks etadi.
  • Istalgan kishi marketing.uz saytidagi Mukofot bo‘limiga o‘tib, Mukofot video-roliklari yoki taqdimotlari bilan tanishishi mumkin.
  • Mukofot g‘oliblari to‘g‘risidagi axborot ular tantanali Taqdirlash marosimida rasman e'lon qilinganidan keyin marketing.uz saytida chop etiladi.
  • Mukofot tashkilotchilari brendlarning har qanday taqdimotlaridan (mualliflikni ko‘rsatish sharti bilan) OAVda va internet-resurslarda Mukofotni yoritish uchun foydalanish huquqiga ega.

10. OVOZ BERISH MEZONLARI

Ekspert hay'ati ovoz berishining mezonlari

  • O‘tgan yilda oldinga qo‘yilgan biznes-vazifalarni amalga oshirishning muvaffaqiyatliligi.
  • Marketing vazifalarini amalga oshirishdagi professionalizm.
  • Brendning kuchayishi va iste'molchilar sadqoati ortishini baholash.

Iste'molchilar ovoz berishining mezonlari

  • Mashhurlik va iste'molchilarning shaxsiy tanlovi.
  • Brendga sadoqatli komyunitiga mansublik.

11. MUKOFOT SOVRINLARI

  • Nominatsiyalarda birinchi o‘rinlarni olgan Mukofot ishtirokchilari Mukofot tashkilotchilari tomonidan imzolangan g‘oliblik diplomlari va “2021-yil brendi” Mukofotining maxsus haykalchalari bilan taqdirlanadi.
  • “O‘zbekistonda marketingni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun”, “Yil shaxsi”, “Yil kashfiyoti” maxsus sovrinlarini olgan Mukofot ishtirokchilari Mukofot tashkilotchilari tomonidan imzolangan g‘oliblik diplomlari va “2021-yil brendi” Mukofotining maxsus haykalchalari bilan taqdirlanadi.
  • 2 va 3- o‘rinlarni olgan Mukofot ishtirokchilari O‘zbekiston marketing uyushmasi tomonidan imzolangan laureatlar diplomlariga ega bo‘ladilar.
  • Barcha Mukofot ishtirokchilari O‘zbekiston marketing uyushmasi tomonidan imzolangan ishtirokchilar diplomlariga ega bo‘ladilar.
  • Mukofot natijalari O‘zbekiston marketing uyushmasi talqiniga ko‘ra har yilgi Brendlar marketing samaradorligi reytingida hisobga olinadi. Maxsus nominatsiyalardagi Mukofot g‘oliblari 10 ball oladilar, nominatsiyalar bo‘yicha Mukofot g‘oliblariga 7 ball, 2- o‘rin uchun – 5 ball, 3- o‘rin uchun – 3 ball beriladi. Mukofot ekspert hay'atining 3 va undan yuqori ovozini olgan boshqa brendlar Reytingda 1 baldan oladilar.

Shuningdek, Mukofot g‘oliblari bo‘lgan brendlarning loyihalarini amalga oshirishda qatnashgan agentliklar ham tegishlicha balga ega bo‘ladilar. Bu ballar ham O‘zbekiston marketing uyushmasi talqiniga ko‘ra har yilgi Brendlar marketing samaradorligi reytingida hisobga olinadi.

  • Ekspertlar ovoz berishi natijalarini va g‘oliblarni ehllon ilish hamda sovrinlar topshirish 2022-yil 21-mayda, tantanali Taqdirlash marosimida o‘tkaziladi. Marosimga qadar Mukofot g‘oliblari to‘g‘risidagi axborot mutlaqo maxfiy sanaladi va oshkor etilmaydi.
  • Tashkilotchilar, hamkorlarning rasmiy murojaatiga ko‘ra, ekspert hay'ati bilan kelishilgan holda, maxsus sovrin ko‘rinishida qo‘shimcha mukofotlar belgilash huquqiga ega.

12. KONTAKT AXBOROTI

O‘zbekiston marketing uyushmasi

100007, Toshkent sh., Yashnobod tumani, Qamashi ko‘ch., 36

Tel.: +998 78 120-10-02, +998 78 120-10-12, +998 (97) 402-28-20, +998 (97) 430-28-20

e-mail: [email protected]

sayt: https://marketing.uz

https://t.me/uzbekmarketing

https://instagram.com/uzbekmarketing?utm_medium=copy_link

https://www.facebook.com/uzbekmarketing

https://www.youtube.com/c/MAKONMARKETINGUZ