Brendlar uchun birinchi mukofot

06 Март, 2025

“Brand Awards International” xalqaro mukofotida qatnashish uchun arizalar qabul qilish davom etmoqda

“Brand Awards International” xalqaro mukofoti – brendlarning biznes-muvaffaqiyatlarini hamda iste’molchi uchun qadrliligini baholovchi noyob sovrindir.

Brendlar ikkita yo‘nalish bo‘yicha baholanadi. Ekspert hay’ati yutuqlarga sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha baho beradi, “katta to‘rttalik” kompaniyalarida ish tajribasiga ega mutaxassislar esa, brend qiymatini hisoblab chiqadilar.

Barcha mukofot qatnashchilari “Brand Awards” sovriniga, brend muvaffaqiyatlari sertifikatiga va brend qiymatini hisoblash natijalariga ega bo‘ladilar, shuningdek ularga biznes yetakchilari uchun chet ellik ekspertlarning 7 ta mahorat sabog‘iga va 2025-yil 3-mayda “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida o‘tkaziladigan taqdirlash marosimiga bag‘ishlangan banketga taklifnoma beriladi.

Arizalar saytda 2025-yil 28-martgacha qabul qilinadi.
Joylar soni cheklangan.

Mukofot hafida batafsil
Mukofot sayti

Savollaringiz uchun: +998 97 402 28 20

Biznesni rivojlantirish kanali