Tashkent Digital Marketing 2024 natijalari
Ikkinchi “Tashkent Digital Marketing Forum 2024” qanday o‘tdi?
17-fevralda “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida ikkinchi xalqaro digital-marketing forumi, “Digital Marketing Awards” brendlarni taqdirlash va “Influencer Awards2023” 26 ta nominatsiya bo‘yicha eng yaxshi blogerlarni taqdirlash marosimlari o‘tkazildi.
Forum – mamlakatdagi raqamli ishtirokning yangi imkoniyatlari va brendlarni ilgarilatish masalalariga bag‘ishlangan har yilgi keng ko‘lamli voqea bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, O‘zbekiston marketing uyushmasi tomonidan hamkorlar ko‘magida tashkil etildi.
Forum, jumladan “Influencer Awards 2023” mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad ijtimoiy xarakterga ega – marketologlar, kompaniyalar rahbarlariga o‘z tovar va xizmatlarini iste'molchilar bilan kommunikatsiyaning turli kanallarida internet-ilgarilatishni samarali tashkil etish yo‘llari, innovatsion texnologiyalardan foydalanib, o‘z tovar va xizmatlari to‘g‘risidagi axborotni faol, ijodkorona va shu bilan birga, ekologik va iste'molchilarga tiqishtirmay tarqatish usullari haqida dolzarb va maksimal darajada foydali axborotga ega bo‘lish imkoniyati yaratildi. Har bir tadbir ishtirokchisi O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston, Ukraina, AQShdan 20 dan ziyod mahalliy va xorijiy ekspertning shaxsiy tajribasi va maslahatlarini tinglash imkoniga ega bo‘ldi.
Bu yil forum bir kunda ikkita o‘ta yirik professional hamjamiyatni jamladi: brendlar, agentliklar vakillari hamda blogerlar. Konferensiyada ikkita sessiya bo‘ldi: Marketing session va Influencer session.
“Hyatt Regency Tashkent”da forum va Taqdirlash marosimiga jami 1200 dan ziyod qatnashchi tashrif buyurdi. Reklama konferensiyasi spikerlarining chiqishlarini tinglash uchun Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston va Belarusdan memhonlar keldi.
Forum jamoatchilikda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Telegram-botda ovoz bergan iste'molchilar soni 140000 kishidan ortdi. OAV (jumladan, Rossiya va Qozog‘iston internet-nashrlari)dagi maqolalar qamrovi 1,5 mln o‘quvchidan oshdi. Ijtimoiy tarmoqlardagi nashrlarning qamrovi, 120 nafar blogerning mukofot to‘g‘risidagi postlarini hisobga olganda, 5 mln kishidan ortdi.
2023-yil oktyabrda birinchi “Influencer Awards 2023” mukofotiga arizalar qabuli boshlandi. Mukofotdan maqsad – sifatli va foydali kontent yaratuvchi O‘zbekistonning eng yaxshi blogerlarini aniqlash. Kelib tushgan 800 dan ziyod arizachidan 334 nafar ishtirokchi tanlab olindi. 2024-yil yanvarda 26 ta nominatsiya bo‘yicha Telegram-botda 140 000 dan ziyod iste'molchi qatnashgan iste'molchilar ochiq ovoz berishi, shuningdek xalqaro ekspert hay'atining ovoz berishi o‘tkazildi.
Hay'at e'tibor bergan mezonlar sirasida quyidagilar bo‘ldi: obunachilar soni kamida 10 ming bo‘lishi, kreativ yondashuv, kontent foydaliligi, kontentning jamiyatga ta'siri, mahsuldorlik.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra forum saytida 135 nafar ishtirokchidan iborat short-list e'lon qilindi, ulardan 16 nafar bloger “Iste'molchilar ovoz berishiga ko‘ra yetakchi” sovriniga va 41 nafar g‘olib “2023-yilning eng yaxshi kontenti” nomiga sazovor bo‘ldi.
Taqdirlash marosimida forum hamkorlariga 2023-yildagi yutuqlar uchun “Digital Marketing Awards” maxsus sovrinlari topshirildi:
Bosh hamkor SQB — 2023-yilda O‘zbekiston bank sohasida mijozga yo‘nalganlik bo‘yicha yetakchi.
(Amerikaning “Senteo Inc.” konsalting-tadqiqot kompaniyasi tadqiqotlari natijalariga ko‘ra)
Strategik hamkor UZINFOCOM — Digital-marketing sohasida milliy forkasterlar – Ucast podkastining chiqarilishi.
VIP-hamkor VEON — 2023-yilda O‘zbekistonda biznes uchun raqamli mahsulotlarni faol rivojlantirgani uchun.
VIP-hamkor Wunder — 2023-yilda O‘zbekistonda biznesni ilgarilatish uchun raqamli texnologiyalar sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun.
Auto partner Haval — 2023-yilda O‘zbekistonda krossoverlar segmentidagi eng ommabop takliflardan biri.
VIP-hamkor Stada — 2023-yilda O‘zbekiston farmmarketingida keng ko‘lamdagi kommunikatsiya kanallaridan foydalanganligi va keng ko‘lamdagi media qamrov uchun.
VIP-hamkor Uzagrosugurta — 2023-yilda O‘zbekiston bo‘ylab yuqori sifatli sug‘urta xizmatlarini taqdim etib kelayotgan hamda eng keng tarmoqqa ega bo‘lgan kompaniya.
“LiveDune” ijtimoiy tarmoqlarni tahlil qilish servisi digital-metrikalar asosida uyushma hamkorlari o‘rtasida tadqiqot o‘tkazdi va 9 ta nominatsiya g‘oliblariga sovrinlar topshirdi.
Amazing Activity
The most active brand in Uzbekistan by the number of publications on Instagram for 2023
— KORZINKA
Like of the year
The brand of Uzbekistan with the most popular post on Instagram for 2023
— ARTEL
Fire communication
The brand of Uzbekistan with the most commented post on Instagram for 2023
— BELLISSIMO PIZZA
Engage of the year
The brand of Uzbekistan with the most engaging post on Instagram for 2023
— ANASTASIYA
Communication of the year
The brand of Uzbekistan with the most talked about Instagram account for 2023
— TEXNOMART
Like of the year
The brand of Uzbekistan with the most popular post on Telegram for 2023
— MKBANK
The Best virus post
The brand of Uzbekistan with the most viral post on Telegram in 2023
— IPAK YULI BANK
Fire communication
The brand of Uzbekistan with the most commented post on Telegram in 2023
— ARTEL
Engage of the year
The brand of Uzbekistan with the most engaging channel on Telegram for 2023
— PAYME
Hamkorlar Digital Marketing Awards da 2023- yilda erishgan yutuqlari uchun maxsus nominatsiyalar bilan taqdirlandi.
2023-yilning eng yaxshi layfstayl kontenti: Sayohat
Iste’molchilar ovoz berishi bo’yicha yetakchi — KHUSNORIK
2023 – yining eng yaxshi kontenti
— MURODBEK TAVBAEV
— POLIKOSTINA
2023-yilning eng yaxshi layfstayl kontenti: Foto va video
Iste’molchilar ovoz berishi bo’yicha yetakchi — AVAZOV AZIZJON
2023 – yining eng yaxshi kontenti — RUZTAMO
2023-yilning eng yaxshi layfstayl kontenti: Ota-onalar
2023 – yining eng yaxshi kontenti
— ZIYODA XO'JAEVA
— SEETORA ME
2023-yilning eng yaxshi layfstayl kontenti: Fashion
Iste’molchilar ovoz berishi bo’yicha yetakchi — NIGINA FAXRIDDINOVA
2023 – yining eng yaxshi kontenti
— SAAZGRAM
— SYNDICATE 7
2023-yilning eng yaxshi layfstayl kontenti: Beauty
Iste’molchilar ovoz berishi bo’yicha yetakchi — MUAZZAM JURAEVA
2023 – yining eng yaxshi kontenti — ADOLAT G'AYRATOVA
2023-yilning eng yaxshi layfstayl kontenti: Boshqa
Iste’molchilar ovoz berishi bo’yicha yetakchi
— YUNKA
— LEO 17S
2023 – yining eng yaxshi kontenti
— MARIMOVA FARIDA
— RA'NO SHODIYEVA
2023-yilning eng yaxshi ta'lim kontenti: Tillar
Iste’molchilar ovoz berishi bo’yicha yetakchi — MUXTASAR ABDULLAYEVA
2023 – yining eng yaxshi kontenti — BARNO MUKIMOVA
2023-yilning eng yaxshi ta'lim kontenti: Foto va video
Iste’molchilar ovoz berishi bo’yicha yetakchi — SHUKHRAT SK1Y
2023 – yining eng yaxshi kontenti
— DILSHOD KHAMRAEV
— MIROLIM OBIDOV
2023-yilning eng yaxshi ta'lim kontenti: Tibbiyot
Iste’molchilar ovoz berishi bo’yicha yetakchi — SHARK SCIENCE
2023 – yining eng yaxshi kontenti
— DOCTOR ZIYOD
— GYNAECOLOGY
2023-yilning eng yaxshi ta'lim kontenti: Psixologiya
Iste’molchilar ovoz berishi bo’yicha yetakchi — UMIDA KADYRI
2023 – yining eng yaxshi kontenti
— UTAROV DILSHOD
— MIROSLAV REELS
2023-yilning eng yaxshi ta'lim kontenti: Boshqa
Iste’molchilar ovoz berishi bo’yicha yetakchi — AZIZBEK BOZOROV
2023 – yining eng yaxshi kontenti
— ABDULAZIZ ABDUKODIRIY
— SHER LEGAL
2023-yilning eng yaxshi ko‘ngilochar kontenti: O‘yinlar
2023 – yining eng yaxshi kontenti — FEZOT
2023-yilning eng yaxshi ko‘ngilochar kontenti: Sketchlar va yumor
2023 – yining eng yaxshi kontenti — AZIMCHIK VINES
2023-yilning eng yaxshi ko‘ngilochar kontenti: Tajribalar va so‘rovlar
Iste’molchilar ovoz berishi bo’yicha yetakchi — OMONXON AXATOV
2023 – yining eng yaxshi kontenti — AKA UKA
2023-yilning eng yaxshi ko‘ngilochar kontenti: Boshqa
Iste’molchilar ovoz berishi bo’yicha yetakchi — IXA
2023 – yining eng yaxshi kontenti — KAMOLIDDIN QAHHOROV
2023-yilning eng yaxshi musiqali kontenti
Iste’molchilar ovoz berishi bo’yicha yetakchi — AKBARSHOOKH
2023 – yining eng yaxshi kontenti — MILLYMALLYMOE
2023-yilning eng yaxshi ilmiyommabop kontenti
2023 – yining eng yaxshi kontenti
— ABDULLAJON YUSUPOV
— OSCAR DJALILOV
2023-yilning eng yaxshi pazandachilik kontenti
2023 – yining eng yaxshi kontenti — ZUHRA BUVI
2023-yilning eng yaxshi gastronomik sharhlar
2023 – yining eng yaxshi kontenti
— DILMUROD NIGMATULLAYEV
— FOODKEEM
2023-yilning eng yaxshi sport kontenti
2023 – yining eng yaxshi kontenti
— ABDUJABBOROV 7
— FUTBOLDA
2023-yilning texnologiyalarga oid eng yaxshi kontenti
2023 – yining eng yaxshi kontenti — TEMUR KHATAMOV
2023-yilning eng yaxshi podkasti
2023 – yining eng yaxshi kontenti — NMAGAP
2023-yilning eng yaxshi intervyulari
Iste’molchilar ovoz berishi bo’yicha yetakchi — INTERVYU TV
2023 – yining eng yaxshi kontenti
— MEHMONDA
— ALTER EGO
2023-yilning eng yaxshi bizneskontenti
2023 – yining eng yaxshi kontenti
— ANVAR ABDUQAYUM
— SANJAR MAKSUDOV
2023-yilning avtoga bag‘ishlangan eng yaxshi kontenti
Iste’molchilar ovoz berishi bo’yicha yetakchi — KIA NODIR
2023 – yining eng yaxshi kontenti
— SHOXRUX AC
— TEMUR TITOROV
2023-yilning eng yaxshi ijtimoiy kontenti
2023 – yining eng yaxshi kontenti
— CHUMOLI
— URIKGULI
Foydalanuvchilarning eng koʻp ovozi — ZUHRA BUVI
Bu yil forumni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorlik bildiramiz va “Tashkent Digital Marketing Forum 2024”da ko‘rishguncha, deb qolamiz!
Batafsil axborot va barcha g‘oliblar – forum saytida https://tdmf24.marketing.uz/
Bosh hamkor: “O‘zsanoatqurilishbank”
Beverage partner – Coca-Cola