«Yil reklamasi»ga ovoz berish yakunlanishiga 1 kun qoldi!

26 Сентябрь, 2024

«Yil reklamasi» tanlovidagi iste'molchilar ochiq ovoz berishi yakunlanishiga 1 kun qoldi!

Eng yaxshi reklama uchun ovoz berish 27-sentyabrga qadar (shu kun ham kiradi) @makon_brand_bot telegram-botida davom etadi.

Bugunga qadar 8 ta nominatsiyada 100 mingdan ortiq iste'molchilar ovoz berdilar!

Agar hali ovoz bermagan bo‘lsangiz, buni amalga oshirishning ayni vaqti!

Qaysi reklama yetakchilik qilyapti, kimga esa g‘alaba uchun birozgina ovoz yetmayapti?
Tanlov saytida onlayn rejimda statistikani kuzating va sevimli reklama loyihalaringizni qo‘llab-quvvatlang!

G‘oliblarni taqdirlash 12-oktyabr soat 19:20 da «Anhor» parki karting markazida, TAF!24 Toshkent reklama festivali doirasida o‘tkaziladi. Taqdirlash marosimiga kirish – bepul.

+998974022820