TAF!24 Toshkent reklama festivalining «Food partner»i — Oqtepa Lavash

23 Сентябрь, 2024

TAF!24 Toshkent reklama festivalining «Food partner»ini taqdim etamiz — Oqtepa Lavash

Oqtepa Lavash — O‘zbekiston hududidagi eng yirik fast service tarmog‘idir.

Bozorning kashshofi o‘laroq, 14 yildan davomida kompaniya Chilonzor tumani Oqtepa maydonidagi ilk restorandan bugungi kunda mamlakat hududida 90 ta filialga ega eng yirik tarmoqqacha bo‘lgan katta yo‘lni bosib o‘tdi.

Tarmoqning ko‘p ming sonli jamoasi iste'molchilar uchun kunni tunga ulab mehnat qiladi va mijozlarga manzur bo‘lgan sifat, servis va ta'm ustida ishlashni davom etmoqda. Kompaniya katta go‘sht sexiga ega, O!Kafe qahvaxonalar tarmog‘i ko‘rinishida subbrendni joriy etdi, shuningdek butunlay yangi segmentdagi restoranlar ochish ustida ishlamoqda.

Telegram | Instagram | Facebook