TAF!24 Toshkent reklama festivali o‘z manifestini e'lon qildi!
Biz ijobiy iboralarda va ilhombaxsh so‘zlarda bizni harakatga undovchi motivatsiya izlashga o‘rganib qolganmiz. Ammo voqelik shundayki, biz ko‘pincha qo‘llab-quvvatlashga emas, balki o‘zimizga nisbatan ishonchsizlik va hatto, salbiy ohangga to‘la gap-so‘zlarga duch kelamiz. Bu ruhiyatimizda ziddiyat va o‘z kuchimizdan shubhalanishni yuzaga keltiradi.
Festival manifesti bunday iboralarni tasodifiy so‘zlardan o‘z iqtidorini ro‘yobga chiqarishning asosiy nuqtasiga aylantirib, ularga yangicha nazarni namoyon etadi. Bir qarashda ko‘ngilni cho‘ktiruvchi bu iboralarni o‘zgacha qabul qilib, shaxsiy maqsadlarga erishish uchun kuchli rag‘batga aylantirish, ularda chorlov va tanlov erkinligini topish mumkinligini ko‘rsatadi.
Rolikdagi mashhur ijodkorlar ko‘pchiligimiz qatori ko‘plab salbiy yoki ishonchsizlikka to‘la gap-so‘zlar eshitadilar, lekin ko‘ngilni cho‘ktirish o‘rniga, ularni o‘zgacha qabul qiladilar.
«Bilganingni qil!» iborasi ular uchun erkinlik manifestiga aylanadi:
«Ha, men nima istasam, shuni qilaman. Bu mening yo‘lim». Ular bu fikrni qiyinchiliklarni yengish va o‘z maqsadlariga erishish uchun rag‘bat o‘laroq ishlatadilar va oxir-oqibatda aynan mana shunday so‘zlar ularni muvaffaqiyatga olib boradi. Tanlov erkinligi, ijod va kreativ haqida 12-oktyabrda TAF!24 Toshkent reklama festivalida batafsil suhbatlashamiz va muhokama qilamiz. Zero TAF! mamlakatimizdagi yagona reklama forumi bo‘lib, unda chet ellik va mahalliy tarmoq yetakchilari va ekspertlari o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashadilar, eng yaxshilar esa munosib sovringa ega bo‘ladilar!
Konferensiya spikerlari va ko‘rgazma qatnashchilari – TAF!24 saytida
Chiptalar – iticket.uz saytida
+998 97 402 28 20