MEDIAPARK – «MAKON Marketing Forum 2023» ning bosh hamkori
MEDIAPARK 2015 yil tashkil topgan va shu kundan e'tiboran mijozlarga keng turdagi maishiy texnika va elektronika tovarlari, shuningdek benuqson xizmatlarni taklif etib kelmoqda. Kompaniyaning maqsadi zamonaviy savdo markazlarida xaridorlarga arzon narxlarda maishiy texnika tovarlarini taklif etish, savdo jarayonlarini soddalashtirishdan iboratdir.
Bugungi kunga kelib Respublikamiz poytaxti va viloyatlarda jami 34 nafar savdo do‘konlari faoliyat yuritib kelmoqda. MEDIAPARK rasmiy saytini bir yil ichida 1,8 mln.dan ziyod foydalanuvchi kuzatib boradi. Shuningdek MEDIAPARK halol muddatli to‘lov va onlayn xarid qilish imkoniyatlarini ham taklif etadi.
MEDIAPARK kompaniyasi Yil brendi 2021 tanlovi ishtirokchisi va g‘olibidir. O‘zbekiston marketing assotsiatsiyasi xamkorlari va ekspertlari tomonidan o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, maishiy texnika savdo do‘konlari o‘rtasida “Chakana savdo” nominatsiyasi bilan taqdirlandi. Shuningdek, Toshkent reklama festivalining marketingni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi va qo‘llab-quvvatlagani uchun “Katta assortimentga ega maishiy texnika savdosi bo‘yicha 2022 yil yetakchisi”, hamda ekspert hay'ati a'zolari tanloviga ko‘ra “Barchasi muddatli to‘lovga” va “Milliy qadriyatlar qo‘llanilgan kompaniya” nominatsiyalari bo‘yicha TAF! mukofoti sovrindori.
MEDIAPARK – Respublikadagi maishiy texnika do‘konlarining yetakchi tarmog‘i!