TMF25 Bosh hamkori — Kapitalbank

30 Январь, 2025

Tashkent Marketing Forum 2025 Bosh hamkori — Kapitalbank

Kapitalbank — O‘zbekistonning eng yirik xususiy banklari va moliya sohasidagi taniqli brendlardan biri. Ko‘p yillar davomida bank chakana va korporativ segmentlarda yetakchi maqomlarni egallab kelmoqda. Bank o‘zining innovatsion mahsulotlari, raqamli yechimlari va mijoz servisining yuqori darajasi bilan tanilgan.


Moliya olamida brendning kuchi nimada?
Bu, birinchi navbatda, mijozlar ishonchida ko‘rinadi – 20 yildan ziyod faoliyatida “Kapitalbank” millionlab foydalanuvchi va tadbirkorlar uchun ishonchli hamkor bo‘lib kelmoqda,- qayd etadi “Kapitalbank” Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sardor Ismoilov. – Biz uchun eng zamonaviy moliyaviy mahsulotlar va yechimlarni taklif etishgina emas, balki hamkorlarimizga moliya olamida ish yuritishda ko‘maklashish, ularga kiberxavfsizlik va moliyani boshqarish qoidalarini o‘rgatish ham nihoyatda muhim. Va, albatta, bunday keng ko‘lamli vazifalarni uddalash uchun biz shu sohaning ham milliy, ham xorijiy yetakchi mutaxassislari bilan birgalikda ishlash va eng yaxshi tajribalarni almashishga intilamiz.


Kapitalbank madaniy va ta'limiy tadbirlarni, sport tashabbuslarini va xayriya loyihalarini faol qo‘llab-quvvatlaydi. Bank aholining ijtimoiy zaif qatlamiga yordam ko‘rsatadi, ekologik aksiyalarni va tabiat resurslarni mamlakat kelajagi uchun asrashga qaratilgan dasturlarni moliyalashtiradi.

www.kapitalbank.uz

Forum haqida barcha ma’lumotlar https://tmf25.marketing.uz/programs/?pr=17 saytida

TMF25da uchrashamiz!
15-16-fevral
Hyatt Regency Tashkent

Savollaringiz uchun: +998 97 402 28 20