2025-yilda biznesni marketing yordamida samarali rivojlantirish yo‘llari qanday?

23 Январь, 2025

2025-yilda biznesni marketing yordamida samarali rivojlantirish yo‘llari qanday?

Bu savolga 2025-yil 15-16-fevralda “Hyatt Regency Tashkent”da o‘tadigan marketing bo‘yicha eng keng ko‘lamli konferensiya qatnashchilari javob oladilar.

Bu O‘zbekiston marketing sohasi uchun muhim voqea bo‘lib, bu yil yangicha formati bilan ajralib turadi: 5 ta zalda bir vaqtda 70 ta spiker qatnashadi va kun davomida 9 ta seksiya ish olib boradi.

“Barcha qatnashchilar eng dolzarb biznes-masalalarini muhokama qila olishlari uchun biz birinchi marta konferensiyani shunday formatda o‘tkazyapmiz. Boshqa tomondan, spikerlar uchun ham bu o‘ziga xos sinov, chunki qatnashchilar seksiyalarni tanlash ixtiyoriga ega bo‘ladilar,- deydi O‘zbekiston mraketing uyushmasi raisi, forum tashkilotchisi Diyor Mirzaahmedov,- 9 ta parallel seksiya formati panel muhokamalar, jonli muloqot, munozaralar, zamonaviy ilgarilatish vositalariga oid savollarga javoblarni nazarda tutadi. Biz birinchi marta bunday katta miqdorda – 70 nafar ekspertni taklif qilyapmiz, ular o‘zlarining real keyslari va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashadilar”.

Shuningdek, forum qatnashchilarida “Yil marketing” ko‘rgazmasi bilan tanishish imkoniyati ham bo‘ladi, unda marketing agentliklari va forum hamkorlari qatnashadilar. Bu yil, an'anaga ko‘ra, uyushmaning hamkor-brendlari va mamlakatning yetakchi marketologlari 2024-yil yakunlariga ko‘ra “Tashkent Marketing Awards” sovriniga ega bo‘ladilar. “LiveDune” ijtimoiy tarmoqlar tahlili yetakchi xalqaro servisi 13 ta nominatsiyada g‘oliblarni o‘z tadqiqotlari asosida aniqlaydi.

Uchinchi marketing forumi bu yil O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Gruziya, Isroildan ko‘p yillik tajribaga ega va O‘zbekistonning yetakchi jahon miqyosidagi brendlari bilan ishlovchi 70 nafar yetakchi spikerlarni birlashtiradi.

Forumda O‘zbekistonda ilk bor 25 ta yo‘nalishda marketing xizmatlari ko‘rsatuvchi 100 ta agentlik xaritasi taqdim etiladi.

Forum spikerlari sirasida:



Sergey Lelikov, “BRAND EFFECT brending oliy kurslari” asoschisi (Rossiya). Sergey – brend-konsultant, kouch, TOP-5 Moskva universitetlarida o‘qituvchi. Sergey “BRAND EFFECT Method©” uslubi va brending bo‘yicha ilk zamonaviy darslik – “Brend yig‘ish bo‘yicha qo‘llanma” muallifi.

Sergey qayd etishicha: “30 yildan ziyod vaqtdan beri men brendingdan zavq olaman va odamlar hamda biznesga brendlar qurishda ko‘maklashaman! 90-yillar boshlaridan mamlakatda dizayn, marketing va reklama bozorini shakllantirganlardan biriman. Yuzlab shogirdlarim muvaffaqiyatli karyera qurishdi va Rossiya hamda undan tashqarida shuhrat qozonishdi. Asosiy mijozlarim – RBK TOP-500ga kiradi”.

15-fevralda xalqaro konferensiyada Sergey biznes, marketing va brending brendning yagona eko-tizimi ekani haqida so‘zlaydi.

16-fevralda esa, Sergeyning “Brend – biznesingizning ochilmagan salohiyatidir” nomli 6 soatli mahorat sabog‘i bo‘ladi. O‘z chiqishi haqida Sergey aytganidek, “Mahorat sabog‘ida siz o‘z miyangizda brendingizni xuddi IKeA javonidek osongina yig‘ib tashlaysiz. Sizga maxsus tayyorgarlik kerak bo‘lmaydi – Method’ning o‘zi sizdagi tarqoq bilimlarni yagona brend-tizimga jamlaydi, uni shu zahoti “Brendning loyiha daftari” – biznesingizning yo‘l xaritasiga kiritishni boshlaysiz.

Mahorat sabog‘i sizga o‘z noyob jihatlaringizni aniqlash va raqobat muhitida qanday maqomda bo‘lishni tushunish imkonini beradi. Buning uchun qanday obraz, shior, logotip, uslub va kommunikatsiya kerakligini tushunasiz. Kimgadir bu o‘z brendini qayta jamlash, boshqalarga esa, mavjud tasavvurni sezilarli o‘zgartirish imkonini beradi. Lekin, eng muhimi – mahorat sabog‘i ko‘zlangan biznes-maqsadlari sari yo‘lingizni karrasiga qisqartiradi – siz endi oldingidek bo‘lmaysiz!”



Inga Potsxvishvili, “GAMMA” agentligi direktori va asoschisi (Gruziya). Inganing tadqiqotlar sohasidagi faoliyatiga 25 yildan oshdi. Universitetda iqtisodiyot sohasida ta’lim oldi, keyin o‘qishni Buxarestdagi Iqtisodiyot maktabida davom ettirdi. Kompaniya 2005 yildan buyon ishlaydi. “GAMMA” mijozlari va hamkorlari – yirik favqolmilliy kompaniyalar, tadqiqotning turli-tuman yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning 20 dan ortiq mamlakatida mehnat tajribasiga ega.

“Karyeram iqtisodiyotga qiziqishdan boshlangan va shundan keyingina marketing va tadqiqotlarga o‘tganman. Missiyam – muvaffaqiyatli strategiyalar asosida yotadigan sifatli ma’lumotlar va insaytlar taqdim etib, biznesga o‘sish uchun imkoniyatlar topishda yordam berish.

Men uchun tadqiqotlarimizga innovatsion yondashuvlar va texnologiyalarni joriy etish muhim. Biz, ma’lumotlarning aniqligi va dolzarbligini kaoflatlash uchun eng zamonaviy vositalar va uslublardan foydalanamiz”,- qayd etadi Inga.

Forumda Inga nima muhimroq ekani haqida so‘z yuritadi: iste’molchidagi trendlarmi yoki trendlardagi iste’molchimi.



Yevgeniya Sokolova, “Opit Brenda” marketing butik-agentligi asoschisi (Rossiya). Yevgeniya premial mahsulot va servis yaratishga yo‘nalgan kompaniyalar bilan ishlaydi. yevgeniya marketingda 17 yildan buyon ish yuritadi. Shundan 5 yil davomida Cartier, Chanel, Breitling, Vacheron Constantin, Montblanc, Blancpain, Ulysse Nardin kabi mijozlar bilan ishlagan. Universitetda brendingdan dars beradi, Vijdonli marketologlar uyushmasi (Skolkovo) boshqaruvi a’zosi. Shiddatli Piter forumi spikeri.

15-fevralda forumning hamma a’zolari brend qadriyatlari orqali qimmat sotish yo‘llarini bilib oladilar.


16-fevralda esa, Yevgeniya o‘zining mahorat saboqlariga taklif etadi, unda siz 2 soat ichida mahsulot qadriyatlarini to‘plash va ularni mijoz uchun qadrli qilish yo‘llarini bilib olasiz.

“Bozorda ikkitagina strategiya mavjud – narx strategiyasi va qadriyatlar strategiyasi. Qadriyatlar uchun sizni sevadilar, narx uchun foydalanadilar – demak, arzonroq taklifga osongina almashtiradilar. Mahsulotni mijozlar uzoq vaqt sevishga va qimmat to‘lashga rozi bo‘ladigan qilishning yo‘li qanday?

Mahorat sabog‘imga keling. Biz buni o‘zim premial va biznes-segment brendlarini yaratishda qo‘llaydiganim texnologiya yordamida bajaramiz. Mahorat sabog‘i natijasida siz o‘z mahsulotingizning qadriyatlarini “jamlaysiz” va ikkita savolga javob topasiz:

- Nega aynan sizdan xarid qilish kerak?

- Qanday qilib asosli ravishda narxlarni ko‘tarish va qimmatroq sota boshlash mumkin?”

Forumda “O‘zbek marketing” seksiyasi ish olib boradi. Seksiya kuratori – Otabek Sharapov.



Otabek Sharapov,
“605 Agency” rahbari (O‘zbekiston). Marketingdagi karyerasi 2014-yilda startap loyiha bo‘lgan “Technomart” kompaniyasidan boshlangan. Otabek ushbu startapni rivojlantirish uchun yillar davomida ishlab, katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Masalan, “Biz issiq sovuq qilamiz” kampaniyasi mashhur bo‘ldi, shuningdek, “Technomart” ikki marta “Yil brendi” va “Yil mijozi” mukofotlarini qo‘lga kiritdi.

2021-yilda u o‘zining “605 Agency” agentligiga asos soldi. 2023-yil oxirigacha ushbu agentlik SMMdan PRgacha bo‘lgan barcha marketing bilan bog‘liq xizmatlarni taqdim etgan.

Bu davrda “605 Agency” frotterizmga qarshi kurash kampaniyasini ishlab chiqdi va bu loyiha uchun “Tashkent Advertising Festival”ning platina mukofotiga sazovor bo‘ldi.

2024-yilda agentlik marketing yo‘nalishlarini qisqartirdi va faqat kuchli tomonlarga e'tibor qaratdi. Endilikda PR, kreativ yechimlar, brend strategiyasi va brending kabi xizmatlar faoliyatning asosiy yo‘nalishiga aylandi. Otabekning mavzusi: O‘zbek tili orqali shov-shuvli reklamalar yaratish.




Forumga Qozog‘istondan mashhur rilsmeyker, kontent-kreator, videograf, marketolog Mardan Jangabil – mardan_king keladi va noyob kontent bilan chiqish qiladi. Mardan bir oyning o‘zida 30 ming nafar obunachi to‘play oldi, ex-CCO UvU. “Dvasoroksem” marketing agentligi hammuassisi. Mardan bilan siz Reels’li sho‘rva tayyorlaysiz va kreativ kontentning bor masalliqlarini bilib olasiz.




Konferensiyaning yana bir mahalliy, yorqin spikeri – Alisher Mamadaliev, SAVR, “Kulinar”, “Nishon Group” kompaniyalarining sotuvlar va marketing bo‘yicha direktori, “Legkoe Retro” brendining otasi. Alisher xalqaro festivallar: Pentawards, Jolbors Fest, TAF sovrindori. O‘zbekiston marketing uyushmasi talqiniga ko‘ra FMCG marketing samaradorligi reytingida 1- o‘rinda. Xalqaro iqtisodiyot va biznes magistri. Alisher marketing nuqtai nazaridan brend bilan ishlashdagi kreativlik haqida so‘zlab beradi.




Creative/ Communication seksiyasida juda qiziqarli spiker – “ISHONCH” kreativ direktori, ko‘pchilik uchun sevimli “Testo by Zamira&Co” hammuassisi Zamira Rahmonova chiqish qiladi. U – kreativ kommunikatsiyalar bo‘yicha mustaqil konsultant. Zamira reklama sohasida 2013-yildan buyon ish yuritadi. O‘z chiqishida spiker muhim savolga jaovb beradi: Mijoz kreativ direktori vs. agentlik kreativ direktori: kim kimni boshqaradi?

2025-yildagi O‘zbekistonning eng yirik marketing forumida qatnashing, unda mamlakatning ilg‘or brendlari va agentliklarining vakillari bo‘lgan yetakchi ekspertlar jamlanadi!

Bosh hamkor – KAPITALBANK.

Forum haqida batafsil axborot: https://tmf25.marketing.uz/

+998 97402 28 20