Kun brendi — ISHONCH

10 Январь, 2024

Sizni "Kun brendi" rukni bilan tanishtirishda davom etamiz


Bugun “ISHONCH” kompaniyasini O‘zbekiston marketing uyushmasining reytingida“Non-food retail” segmentida birinchi o‘rin olgani, “Yil brendi” mukofoti, TAF!23, Red JOLBORS, Ukrainian creative Stories 2023, White Square, Eurasian Retail Awards 2023, Epica Awards 2023 festivallarida qatnashgani va g‘olib bo‘lgani bilan tabriklash niyatidamiz.

“ISHONCH” — O‘zbekistonda muddatli to‘lov asosida maishiy texnika va uy uchun tovarlar sotish sohasida yetakchi brend. 2023-yilda “ISHONCH” ko‘plab loyihalarni hayotga tatbiq qildi va qator mukofotlarga sazovor bo‘ldi.


TAF!23 festivalida “ISHONCH” “2023-yilning eng yaxshi loyihasi” va “2023-yilda yuzdan ortiq filialga ega O‘zbekistondagi yagona non-food retail” maxsus mukofotlarini qo‘lga kiritdi.


Savdo faoliyatidan tashqari, “ISHONCH” ijtimoiy sohada ham o‘zini faol namoyon etmoqda. Chunonchi, misol uchun, yozning jazirama kunlarida mamlakatning eng issiq nuqtalari bo‘lmish Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari markazlarida, “Charchamang xona” loyihasi doirasida, quyoshning ayovsiz tig‘idan saqlanish uchun barcha sharoitlar yaratilgan 3 ta “Charchamang xona” shoxobchasi tashkil etilib, ishga tushirildi.