“Influencer Awards 2023” mukofoti iste'molchilar ovoz berishining yakuniy natijalari

02 Февраль, 2024

2024-yil 29-yanvarda “Influencer Awards 2023” mukofoti iste'molchilarning ochiq ovoz berishi yakunlandi. Ovozlarni qo‘shib yozish takliflari bo‘lganligi haqida mukofot qatnashchilaridan xabarlar kelib tushayotgani sababli, mukofotning texnik hamkori — “UZINFOCOM” kompaniyasi, Reglamentga muvofiq, ovoz berish qatnashchilarining verifikatsiyasini amalga oshirdi.

Tekshiruvdan o‘tmagan raqamlardan kelib tushgan ovozlar yakuniy ovoz berish natijalaridan chiqarib tashlandi, bu mukofot saytidagi ovoz berish statistikasida ovozlar sonining o‘zgarishiga olib keldi.

Eslatib o‘tamiz, keyingi bosqich — short-listni shakllantirish, unga 3 ta yuqori o‘rin sohiblari va mukofot ekspert hay'ati tanloviga ko‘ra 2 nafar qatnashchi kiradi.

Tashkent Digital Marketing Forum Dasturi


Influencer Sessionʻga chiptalar
Marketing Sessionʻga chiptalar


+99897 402 28 20