E'tiboringizga yangi Premium-hamkor — “Garant bank”ni taqdim etamiz.
Rahimov Umid Farhodovich — marketing boshqarmasi boshlig‘i
Hamidova Sabina Erkinovna — jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i
“Garant bank” 1994-yil 18-martda ta'sis etilgan. Bank asosiy e'tiborni ham jismoniy, ham yuridik shaxslarga sifatli moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga qaratadi. Biz hisob-kassa xizmati, kichik va o‘rta biznesni moliyalash, hisob yuritish va eksport-import kompaniyalariga xizmatlar taqdim etishga ixtisoslashganmiz.
2022-yil avvalida yirik o‘zgarishlar boshlandi, ular natijasida bank yangi — “Garant bank” brendiga ega bo‘ldi va bugunga qadar o‘z faoliyatini ushbu nom ostida muvaffaqiyatli rivojlantirib kelmoqda. 2023-yilda “Garant bank” Moody’s xalqaro reyting agentligida sertifikatlashdan muvaffaqiyatli o‘tdi va “barqaror” prognozili “B2” reytingini oldi.
“Garant bank” quyidagi tashkilotlar va tizimlarning faol ishtirokchisidir:
— O‘zbekiston banklari uyushmasi;
— Respublika valyuta birjasi;
— Banklardagi aholi omonatlarini kafolatlash fondi;
— SWIFT xalqaro to‘lov tizimi;
— “Zolotaya korona” xalqaro pul jo‘natmalari tizimi operatori.
“Garant bank” — bu uzoq muddatli muvaffaqiyatli faoliyat tarixiga ega, mijozlarni ishonchli moliyaviy yechimlar bilan ta'minlashga intiluvchi barqaror bankdir.