Toshkentda to‘rtinchi TAF!22 Toshkent reklama festivali o‘tkaziladi

09 Октябрь, 2022

21-23-oktabrda “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida har yilgi xalqaro reklama konferensiyasi, ABC-show, TAF!22 eng yaxshi reklama tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi, shuningdek brending ekspertlarining uchta mahorat sabog‘i va birinchi TAF!OpenDay bo‘lib o‘tadi.


Toshkent reklama festivalining o‘ziga xosligi shundaki, bugungi kunda u marketing va reklamaga qiziquvchi yoki professional darajada shug‘ullanuvchi har bir shaxs o‘zi uchun foyda va manfaat oladigan, mamlakatdagi yagona reklama bayramidir. Shu sababli, festivalda eng faol brendlar, agentliklar, hamkorlar, ekspertlar va iste'molchilar qatnashishi, konferensiyada ishtirok etish uchun mashhur xorijiy spikerlar kelishi va mahalliy ekspertlar bilan o‘z amaliy bilimlarini o‘rtoqlashishlari tasodif emas. Bundan tashqari, faqat festival ishtirokchilarigina jahonning eng yaxshi reklama g‘oyalari bilan tanishish va ulardan ruhlanish, rangorang reklama shousini tomosha qilish imkoniga ega bo‘ladilar.

Ushbu keng ko‘lamli voqyeani O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarish kurashish qo‘mitasi va O‘zbekiston marketing uyushmasi festival hamkorlarining qo‘llab-quvvatlashi bilan tashkil qildilar.

Bu yil festival Singapur, BAA, Rossiya, Belarus, Ozarboyjon va Qirg‘izistondan 12 nafar konferensiya spikerlarini to‘pladi. Shuningdek, unda mahalliy spikerlar, tanlov ekspert hay'ati a'zolari – eng yirik mahalliy brendlarning 63 nafar vakilini, TAF!22 eng yaxshi reklama tanlovida qatnashayotgan 147 ta brend va 56 ta reklama agentligini, ochiq ovoz berishda ishtirok etayotgan o‘n minglab iste'molchilarni, O‘zbekiston marketing uyushmasining 120 dan ziyod hamkori va 100 dan ortiq ekspertlarini, bundan tashqari, festivalning bosh g‘oyasi – “Tinchlik har narsadan ustun” #TinchlikATFirst ekanini, hyech narsani buzmaslik, aksincha bunyod etish – “Don’tdestroy. Create” lozimligini qo‘llab-quvvatlagan hamkor-kompaniyalar jam bo‘ldilar.

Festival dasturida: TAF!22 OpenDay, Marketing klubining yig‘ilishi, TAF!22 eng yaxshi reklama tanlovi, to‘rtinchi xalqaro reklama konferensiyasi, ABC-show va eng yaxshi reklama tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi.

21-oktabrda “Hyatt Regency Tashkent”da, marketing klubi yig‘ilishi doirasida “E+ Awards” (Rossiya) rivojlanish va innovatsiyalar bo‘yicha direktori, ko‘p yillar marketing sohasidagi eng obro‘li mukofot – “Effie Russia”da ishlagan Dmitriy Muzichenko chiqish qiladi. Dmitriy yangi loyiha – “E+ Awards Markaziy Osiyo” haqida so‘zlab beradi. Marketing mukofoti nega kerak va Effie xalqaro brendining E+ ga o‘zgarishi qanday ro‘y bergani haqida hikoya qilinadi. Yig‘ilishga kirish – erkin.

Shanba, 22-oktabrda, xalqaro TAF!22 reklama konferensiyasida O‘zbekiston, Singapur, BAA, Rossiya, Belarus va ozarboyjonlik yetakchi jahon brendlari bilan ishlovchi va xalqaro festivallarda eng yuksak sovrinlarni qo‘lga kiritgan mashhur ekspertlar chiqish qiladilar.

TAF!22 xalqaro reklama konferensiyasi ma'ruzachilari:

  • Dmitriy Apolenis, “AIDA Pioneer Branding & Creative” kreativ direktori (Belarus)
  • Johnny Johansson, Reseller Partner - Emerging Markets, Meta (Singapur)
  • Alena Vladimirskaya, “Facancy” servisi va “Alena Vladimirskayaning karera laboratoriyasi” hammuassisi (Rossiya)
  • Andrey Kojanov, OBM asoschisi (Rossiya)
  • Mariya Lutsenko, “Depot” brending agentligi katta strategi (Rossiya)
  • Boris Omelnitskiy, “Yandeks” strategik rivojlanish bo‘yicha direktori (Rossiya)
  • Anna Zakirova, “Kapitalbank” ATB marketing bo‘yicha direktori (O‘zbekiston)
  • Arseniy Zyabbarov, “FMT.JETLAG” asoschisi (BAA)
  • Jahongir Madmusaev, “PR.uz” bosh muharriri (O‘zbekiston)
  • Dmitriy Muzichenko, “E+ Awards” rivojlanish va innovatsiyalar bo‘yicha direktori (Rossiya)
  • Orxan Kerimov, “Cannes Lions International Festival of Creativity” da representative (Ozarboyjon)
  • Erken Kagarov “Artemiy Lebedev studiyasi”da art-direktor (Rossiya)
  • Ivan Churilin, “ABC show” prezidenti (Rossiya)

Barcha ma'ruzachilarning chiqishlari o‘zbek tiliga sinxron tarjima bilan beriladi. Festivalda qatnasha olmaydiganlarga qulay bo‘lishi uchun eng qiziqarli axborot “MAKON Marketing” YouTube-kanaliga joylanadi.

Diyor Mirzaahmedov, TAF!22 festivalining tashkilotchisi:
“Toshkent reklama festivali – bu har yilgi xalqaro professional loyiha bo‘lib, bu yil ishtirokchilarni reklama va marketing sohasidagi asosiy tendensiyalar bilan tanishtiribgina qolmay, yangi formatlarni ham sinab ko‘radi. Festivalda biz brend-strategiyalar, samarali marketing va samarali reklamada kerativning o‘rni haqida so‘z yuritamiz. Biz haqiqatan “yulduz” ekspertlarni taklif etdik. O‘zbekistonda birinchi marta “Meta Platforms Inc” vakili chiqish qiladi. “Facebook”, “Instagram”dan faol faoydalanuvchilarda kelajakdagi trendlar haqida tinglash uchun noyob imkoniyat tug‘iladi. Shuningdek, O‘zbekistonda birinchi bor Rossiya Oliy brending maktabi asoschisi, “Kann arslonlari” xalqaro festivalining Ozarboyjondagi vakili, “Yandeks” strategik rivojlanish bo‘yicha direktori va boshqa ko‘plab mashhur hamda qiziqarli amaliyotchi-ekspertlar ma'ruza qiladilar. 10-16 oktyabr kunlari dunyo bo‘ylab raqamli musavvirlarning juda katta jamoasiga ega “FMT.JETLAG” agentligi “Instagram” da (https://www.instagram.com/jetlagweekly) festivalimiz ramzini aks ettiruvchi raqamli art sohasidagi eng yaxshi ish uchun tanlovni e'lon qiladi. Unda barcha qiziqqanlar qatnashishlari, shuningdek ishlarni tomosha qilishlari mumkin. Biz birinchi marta TAF!22 OPENDAY o‘tkazamiz, uning doirasida reklama bilan qiziquvchilarning barchasi Toshkentning yettita yetakchi reklama agentligiga tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Festival dasturi turli qiziqarli voqyealarga juda boy. Barchani ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz! Festivalda ko‘rishguncha!”

Konferensiya doirasida jahonning eng yaxshi reklama posterlarining xayriya kim oshdi savdosi o‘tkaziladi, undan tushgan mablag‘ “Ezgu Amal” fondiga o‘tkaziladi.

Xalqaro reklama konferensiyasi yakunlanishi bilan, soat 18:00da noyob ABC-shou – jahonning eng yaxshi reklamalari kolleksiyasining namoyishi bo‘ladi. Kolleksiya har yili yangilanadi, bu 45 ta jahon reklama va marketing festivallarida sovringa ega bo‘lgan eng yaxshi video-roliklarning bir soatli namoyishidir.

22-oktabr kechqurun, soat 19:00 da TAF!22 eng yaxshi reklama tanlovi g‘oliblarini taqdirlash tantanali marosimi boshlanadi. Bu yil tanlovda 147 ta brend va 56 ta agentlikning 268 ta loyihasi qatnashmoqda. 12 ta nominatsiyada g‘oliblarni 12 nafar tanlov xalqaro hay'ati, 63 nafar tanlov ekspert hay'ati va @tafuzbot Telegram-botida o‘n minglab iste'molchilar aniqlaydilar. Kechki taqdirlash marosimiga kirish – erkin.

Festivalni 23-oktabrda “Hyatt Regency Tashkent”da Erken Kagarovning “Vizual kommunikatsiyalarning zamonaviy tili va kommunikatsiyalarning matn bilan ishlashi” hamda Andrey Kojanovning “Brendni samarali qurish” mahorat saboqlari yakunlaydi. Shuningdek, O‘zbekistonda birinchi marta Meta (Facebook, Instagram) vakili – Johnny Johansson, Reseller Partner - Emerging Markets, Meta (Singapur) bepul mahorat saboqlarini o‘tkazadi.

Tashkilotchilar – O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, O‘zbekiston marketing uyushmasi.

Bosh hamkor – “XONSAROY” qurilish kompaniyasi.

Festival to‘g‘risida batafsil ma'lumot: https://marketing.uz/tafest-2022/uz


TAF!22 konferensiyasiga chiptalar: https://iticket.uz/ru/events/trainings/mezhdunarodnaya-reklamnaya-konferenciya-taf-222/22682