To‘rtinchi TAF! Toshkent reklama festivali – O‘zbekistondagi yagona xalqaro reklama bayrami. Festival dasturida – TAF!22 eng yaxshi reklama tanlovi, xalqaro reklama konferensiyasi va tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi. Shuningdek, ABC-shou – jahonning eng yaxshi reklamalari kolleksiyasi namoyishi ham o‘tadi.
Festival 21-23-oktabrda o‘tkaziladi. 21-oktabrda yetakchi agentliklarda Ochiq eshiklar kuni va Marketing klubi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. 22-oktabrda Hayatt Regency Tashkentda Xalqaro reklama konferensiyasi o‘tkaziladi, oqshomda TAF!22 eng yaxshi reklama tanlovining g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi tashkil etiladi. MAKON MARKETING YouTube-kanalida taqdirlash marosimining jonli translyasiyasi 22-oktabr soat 19:00da boshlanadi. 23-oktabrda an'anaviy ekspertlar va festival ma'ruzachilari mahorat saboqlari bo‘lib o‘tadi.
TAF! – bu bozorning faol ishtirokchilari uchun xalqaro tajriba va real keyslar bilan tanishish, reklama kreativi, brending va ilgarilatish strategiyasi sohasidagi mashhur ekspertlar chiqishlarini tinglashning noyob imkoniyatidir.
TAF! to‘rtinchi Toshkent reklama festivali tashkilotchilarning “Tinchlik har narsadan ustun” degan maslagiga qo‘shiladigan barchaga birlashish va osuda hayot haqidagi o‘z mulohazalari bilan festivalni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini beradi.
Joriy yildagi festivalning maslagi sifatida noyob o‘zbekona so‘z – tinchlik tanlangani bejiz emas. Nihoyatda mazmundor va keng tushuncha sifatida, tinchlik O‘zbekistonda har bir insonga butun umri davomida hamrohlik qiladi. Unda – bir vaqtning o‘zida – farovonlik, xotirjamlik, himoyalanganlik va minnatdorlik ma'nolari mujassamdir.
Tinchlik – har narsadan ustun. TinchlikAtFirst. Bu maslak insonlar va brendlar rivojlanishi hamda gullab-yashnashi uchun asos va zaruriy shart bo‘lgan osoyishtalikning ahamiyati va qadrliligi e'tirofining zamirida yotadi.
“Barcha yutuqlar zamirida tinchlik yotadi” degan maslagiga qo‘shiladigan kompaniyalarni va uning faoliyatiga nima berganligi va uning uchun tinchlik nega bunchalik qadrli ekanligi borasidagi o‘z fikrlari va qarashlari bilan o‘rtoqlashgan brendlarni ushbu saytda joylashtirdik. Qo’shiling!
Festival tashkilotchilarining qarashlarini video-formatga keltirishda Division, Borisov&Irisov production kreativ agentliklari yordam berdilar.
21 октября, в пятницу, в рамках четвертого Ташкентского фестиваля рекламы TAF!22 проводится TAF!22 OPEN DAY.
Семь ведущих агентств Ташкента, оказывающих маркетинговые услуги впервые приглашают владельцев и руководителей бизнеса, маркетологов, специалистов в области рекламы, всех кто интересуется маркетингом и рекламой поближе познакомиться с командой и работой агентства, окунуться в творческую атмосферу и послушать мастер-классы.
Внимание!
TAF!22 OPEN DAY проводится в 2 сессии:
10:00 – 12:00 В гости приглашают агентства ARASHAN, Biznes Bomond, Golden Minds,
De Facto Marketing
14:00 - 16:00 Вас ждут агентства Space Marketing, Division, Sekta.
Изучите программу каждого агентства, пройдите регистрацию и отметьте те агентства, которые вы хотите посетить. Максимально можно выбрать по одному агентству из каждой временной сессии, то есть всего 2 агентства за день.
Участие для посетителей - бесплатное.
Локации и программа указаны для каждого агентства отдельно.
Ответим на ваши вопросы: 97 402 28 20 Дильноза
TAF! xalqaro reklama konferensiyasi to‘rtinchi yil siz uchun marketing va reklama sohasining yetakchi ekspertlari va real amaliyotni jamlamoqda. Bu yil biz kommunikatsiyalar, brending va digital marketing sohasidagi eng yaxshi ekspertlar tajribalarini ko‘rsatmoqchimiz. Xorijiy ekspertlar va mahalliy bozor yetakchilari 2021-yilning eng yaxshi keyslarini yaratish sirlarini oshkor etadilar.
Marketingizni yanada samarali qilish yo‘llari qanday? Nega brending samarali kommunikatsiyalarning asosiy vositasi sanaladi? Internet-reklamaning kelajagi qanday? Samarali reklama kommunikatsiyalarida kreativning roli qanday? Bu va boshqa ko‘plab dolzarb savollarga konferensiyaning mahalliy va Rossiya, Belarus, Ozarboyjon va Qirg‘izistondan kelgan 12 nafar ma'ruzachisi javob beradi.
9:30
10:00
Ro‘yxatdan o‘tish. Welcome coffee
10:00
10:30
Tashkilotchilar va hamkorlar qutlovi
10:30
11:00
Dmitriy Apolenis
AIDA Pioneer Branding & Creative kreativ direktori (Belarus)
Brending – samarali kommunikatsiyaning asosiy vositasi
11:00
11:30
Johnny Johansson
Reseller Partner - Emerging Markets, Meta (Сингапур)
Trends for the future
11:30
11:45
Alena Vladimirskaya
Facancy servis va "Alena Vladimirskaya Karyera Laboratoriyasi" asoschisi (Rossiya)
Expats 2022: ular O‘zbekistonda biznes va brend rivojlanishiga nima berishi mumkin?
11:45
12:15
Andrey Kojanov
OBM asoschisi (Rossiya)
Brending. Biznesning besh strategiyasi umumiyligi va kuchi
12:15
13:00
Mariya Lutsenko
“Depot” brending agentligi katta strategi (Rossiya)
Nima uchun sizga chakana savdoda brend strategiyasi kerak, agar hamma narsa shunday ishlaydi?
13:00
13:45
Tushlik
13:45
14:15
Xayriya kim oshdisi
“Ezgu Amal” fondi
14:15
14:45
Boris Omelnitskiy
“Yandeks”strategik rivojlantirish bo‘yicha direktori (Rossiya)
O‘zbekistonda internet-reklama. Hozirgi ahvol va kelajak
14:45
15:15
Anna Zakirova
Kapitalbank Marketing direktori
Mijozni xursand qilish mumkinmi?
15:15
15:30
Arseniy Zyabbarov
FMT.JETLAG asoschisi (ОАЭ)
Qanday qilib abadiy loyihalar yaratish va global ijodiy hamjamiyatni rivojlantirish
15:30
15:45
Jahongir Madmusaev
“PR.uz”bosh direktori (O‘zbekiston)
O'zbekistonda organik PR - o'lganmi yoki hali tug'ilmaganmi?
15:45
16:00
Uyushma yangiliklari
16:00
16:30
Dmitriy Muzichenko
“E+ Awards” rivojlanish va innovatsiya bo‘yicha direktori (Rossiya)
Marketingizni yanada samarali qilish yo‘llari qanday?
16:30
17:00
Orxan Kerimov
Representative v Cannes Lions International Festival of Creativity and founder of Endorphin (Ozarboyjon)
The place of creativity in effective communication in advertising
17:00
17:30
Erken Kagarov
“Artemiy Lebedev studiyasi” art-direktori (Rossiya)
Qayta aloqa (interfeys dizaynidan hayot mazmunigacha)
17:30
18:00
Kofe-breyk
18:00
19:00
Ivan Churilin
“ABC-show”prezidenti (Rossiya)
ABCshow- jahonning eng yaxshi reklamalari kolleksiyasi
19:00
20:30
TAF!22 eng yaxshi reklama tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi
22-oktabrda yirik xalqaro festivallarda g‘alaba qozongan 2021-yilning eng ko‘p taqdirlangan reklama roliklari: Sannes Lions, One Show, Super Bowl, Clio Awards, Epica Awards va boshqalarning yagona namoyishi o‘tkaziladi.
ABC-SHOW – dunyoning 45 ta yetakchi festivalida g‘alaba qozongan, eng ko‘p taqdirlanadigan video-reklamalar kolleksiyasining namoyishida ijobiy his-tuyg‘ular va yangi ijodiy g‘oyalarning eng yaxshi zaryadiga ega bo‘lish mumkin.
Butun dunyodan to‘plangan, a'lo sifatga ega eng yaxshi kreativ ishlarni tomosha qilish, eng yirik dunyo brendlari qanday sotishlarini ko‘rish, reklama kinosining eng usta professionallarining ishlaridan qoniqish his qilish va jahonning eng yaxshi reklama yechimlaridan ruhlanish – mahalliy biznes uchun ABC-SHOW mana shularni anglatadi.
Fotoreportaj