TAF!22 Toshkent reklama festivali. TinchlikAtFirst – festival maslagi

09 Сентябрь, 2022

22 oktyabr kuni TAF!22 toʻrtinchi Toshkent reklama festivali boʻlib oʻtadi.

TAF!22 Toshkent reklama festivali. TinchlikAtFirst – festival maslagi.

TAF! to‘rtinchi Toshkent reklama festivali tashkilotchilarning “Tinchlik har narsadan ustun” degan maslagiga qo‘shiladigan barchaga birlashish va osuda hayot haqidagi o‘z mulohazalari bilan festivalni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini beradi.

Joriy yildagi festivalning maslagi sifatida noyob o‘zbekona so‘z – tinchlik tanlangani bejiz emas. Zero u, bir tomondan, hyech qachon tahdid va zo‘ravonlik manbasi bo‘lmagan O‘zbekistondagi osoyishtalikning ramzi bo‘lsa, boshqa tomondan sog‘liq va farovonlik qatorida aytiladigan, eng keng tarqalgan tilak sanaladi. Nihoyatda mazmundor va keng tushuncha sifatida, tinchlik O‘zbekistonda har bir insonga butun umri davomida hamrohlik qiladi. Unda – bir vaqtning o‘zida – farovonlik, xotirjamlik, himoyalanganlik va minnatdorlik ma'nolari mujassamdir.

Tinchlik – har narsadan ustun. TinchlikAtFirst. Bu maslak insonlar va brendlar rivojlanishi hamda gullab-yashnashi uchun asos va zaruriy shart bo‘lgan osoyishtalikning ahamiyati va qadrliligi e'tirofining zamirida yotadi.

“Barcha yutuqlar zamirida tinchlik yotadi” degan maslagiga qo‘shiladigan barchani osuda hayot unga va uning faoliyatiga nima berganligi va uning uchun tinchlik nega bunchalik qadrli ekanligi borasidagi o‘z fikrlari va qarashlari bilan o‘rtoqlashishga taklif etamiz.

Festival tashkilotchilarining qarashlarini video-formatga keltirishda Division, Borisov&Irisov production kreativ agentliklari yordam berdilar.

Video

#TinchlikAtFirst