O‘zbekiston marketing uyushmasi 2022-yil yakunlarini e'lon qildi

27 Декабрь, 2022



O‘zbekiston bozoridagi jo‘shqin o‘zgarishlar sharoitida Uyushmaning turfa tarmoqlar marketingi sohasidagi kompaniyalar rahbarlari, mutaxassislarni birlashtirish bo‘yicha faoliyati tobora kuchli dolzarblik kasb etmoqda.

Uyushmaning hamkorlari yagona tarmoq hamjamiyati tomonidan qo‘llab-quvvatlashga va netvorkingga, o‘z brendini, mahsuloti yoki xizmatini ilgarilatish va rivojlantirish, yangi mijozlarni jalb qilish, marketing bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish, barcha marketing voqyealaridan ko‘proq xabardor bo‘lish va boshqa yo‘nalishlarda qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.

2022-yilda Uyushma brendlar, ekspertlar va agentliklarni qo‘llab-quvvatlab, tarmoq hamjamiyatini shakllantirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishda davom etdi. Bugungi kunda Uyushma 133 ta kompaniya va 124 nafar ekspertni birlashtiradi.

Uyushma hamkorlarining soni o‘sishda davom etmoqda, 2022-yilda 55 nafar yangi hamkor orasida ishlab chiqarish kompaniyalari, banklar, do‘konlar, o‘quv markazlari, logistik kompaniyalar va marketing, reklama agentliklari mavjud bo‘ldi.

Nomzodlarni Boshqaruv tomonidan tasdiqlashning yangi tamoyili qabul qilingach, Uyushma ekspertlari soni to‘rt nafar mutaxassisga oshdi.

2022-yilda Uyushma bozorning barcha ishtirokchilari: ham marketing xizmatlarini ko‘rsatuvchi agentliklar, ham faol kompaniyalar va yuz minglab iste'molchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratuvchi to‘laqonli tarmoq maydonchasiga aylandi.

2022-yilda o‘z faoliyati yo‘nalishiga muvofiq ekspert, tahlil, konsultatsiya, ilmiy-ma'rifiy va kommunikatsiya funksiyalarini bajarish uchun Uyushma hamkorlaridan quyidagi 7 ta qo‘mita tashkil etildi.

Ta'lim va sertifikatlash qo‘mitasi

Tadqiqotlar va ekspertlar qo‘mitasi

Marketing xizmatlari qo‘mitasi

Xalqaro munosabatlar qo‘mitasi

Davlat organlari va jamoatchilik tashkilotlari bilan ishlash qo‘mitasi

Tadbirlar qo‘mitasi

Tanlovlar va reytinglar qo‘mitasi


Qo‘mitalar raislari Uyushma Boshqaruvi tarkibiga kirdilar. Bugungi kunda amalda Uyushmaning barcha hamkorlari o‘z ixtiyorlariga ko‘ra bir yoki bir necha qo‘mita faoliyatida qatnashadilar.


Uyushma, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birga, ikkita eng keng ko‘lamli tarmoq marketing va reklama tadbirlarining tashkilotchisi sanaladi.

20-22-may kunlari “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida katta muvaffaqiyat bilan “MAKON Marketing Forum 2022» IV xalqaro biznes-forumi va mamlakatdagi eng yaxshi brendlarni taqdirlash marosimi – V «2021 yil brendi» mukofoti o‘tkazildi.


Mukofot doirasidagi bir oylik ovoz berishda Uyushmaning 200 dan ziyod hamkori va ekspertlari hamda 335 ming nafar iste'molchi qatnashdi, ular 25 ta nominatsiyada 230 ta brend uchun ovoz berdilar.


Forumning 500 dan ziyod ishtirokchisi uchun O‘zbekiston, Italiya, Rossiya, Sloveniya, Qozog‘istondan 13 nafar spiker ma'ruza qildi. Forum doirasidagi barcha tadbirlarning BeelineTV orqali jonli translyasiyasi spikerlar chiqishlarini butun dunyoda onlayn ko‘rish imkonini berdi.

Bu tadbirni qo‘llab-quvvatlaganlar: Ishonch, Avicenna’s Lab, korzinka, Uzbekinvest, MacCoffee, Uzinsurance, Toxtaniyoz Ota, Schwarzkopf, Beeline, Sarkor, Pr.uz

20-22-oktabrda “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida TAF!22 har yilgi xalqaro reklama konferensiyasi, ABC-show, TAF!22 eng yaxshi reklama tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi, shuningdek mahorat saboqlari va vorkshoplar o‘tkazildi.


2022-yilda festival Sangapur, BAA, Rossiya, Belarus, Ozarboyjon va Qirg‘izistondan 12 nafar konferensiya spikerini, shuningdek mahalliy ma'ruzachilarni, 63 nafar eng yirik mahalliy brendlar vakillaridan iborat tanlov ekspert hay'atini, TAF!22 eng yaxshi reklama tanlovida qatnashgan 147 ta brend va 56 ta reklama agentligini, ochiq ovoz berishda qatnashgan o‘n minglab iste'molchilarni, O‘zbekiston marketing uyushmasining 120 dan ziyod hamkori va 100dan ortiq ekspertini, bundan tashqari, festivalning tinchlik – birlamchi #TinchlikATFirst ekani va buzish emas, bunyod etish kerakligi (Don’tdestroy. Create) to‘g‘risidagi festivalning bosh g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan hamkor kompaniyalarni birlashtirdi.

Festival doirasida birinchi marta 7 ta agentlikning mahorat saboqlarini o‘z ichiga olgan TAF! OPENDAY bo‘lib o‘tdi

Bu tadbirni qo‘llab-quvvatlaganlar: Xon Saroy, Kapitalbank, Agrobank, Ucell, Ishonch, Mediapark, EBRD, Coca Cola, Wunder Digital, Division, FMT: JETLAG, Pr.uz

O‘z faoliyatida Uyushma video formatidan faol foydalanadi. “MAKON Marketing” YouTube-kanalida “MAKON Interview” mualliflik dasturi davom etmoqda. 2022-yilda O‘zbekiston, Armaniston, Rossiya, sloveniyalik ekspertlar ishtirokida 7 ta yangi ko‘rsatuv tayyorlandi.

Muntazam asosda Marketing klubi yig‘ilishlari o‘tkazilmoqda. Beshta yig‘ilishda dolzarb mavzular bilan Armaniston, Belarus, O‘zbekiston, Rossiyadan ma'ruzachilar qatnashdi.

Har yili Uyushma yangi mahsulotlar tayyorlaydi, 2022-yil bundan mustasno bo‘lmadi.


O‘zbekistonda birinchi bor O‘zbekiston marketing uyushmasining Marketing xizmatlari ko‘rsatuvchi agentliklar reestri tashkil etildi. Bu bepul va ochiq axborot resursi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasidagi marketing xizmatlarini ko‘rsatuvchi agentliklar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi.

Reestrda 21 ta yo‘nalish, jumladan konsalting, dijital, PR, SMM, tadqiqot va brending agentliklari to‘g‘risidagi dolzarb axborot taqdim etilgan. Reestr potensial buyurtmachilarga tenderlar o‘tkazish va optimal pudratchilarni izlashda yordam beradi.

2022-yilda har yilgi Brendlar va agentliklarning marketing samaradorligi reytingi yangilandi, u O‘zbekiston marketing sohasida keyingi ikki yilda eng samarali ishlagan kompaniyalarning professional yutuqlari natijalarini aks ettiradi va bozorda maqom tanlash va ilgarilatish strategiyalarining to‘g‘ri ekanini xolis baholashning yagona umume'tirof etilgan vositasi sanaladi. Reytingda 25 ta xalqaro tanlov natijasi hisobga olinadi. Bugungi kunda reytingda turli yo‘nalishdagi 498 ta yetakchi brend va 52 ta agentlik mavjud.


Uyushma tarmoq uyushmalari bilan faol aloqalar o‘rnatgan. 2022-yil martda O‘zbekiston marketing uyushmasi, O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi va O‘zbekiston biznesni rivojlantirish uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.


O‘zbekiston mehmonxonachilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan 2021-yilgi birinchi O‘zbekiston mehmondo‘stlik milliy mukofotida Uyushma O‘zbekiston marketing uyushmasi boshqaruvi raisi Diyor Mirzaahmedovning shaxsida, Mukofot hay'ati raisi sifatida qatnashdi. U, shuningdek, O‘zbekiston HRA-uyushmasi tomonidan tashkil qilingan EMBRAS ish beruvchi brendi sohasidagi Xalqaro mukofotda qator yillar davomida O‘zbekiston nomidan hay'at a'zosi bo‘lib keladi.


Uyushma Markaziy Osiyo reklama uyushmasi bilan Effie Russia jamoasi tayyorlagan birinchi E+Awards xalqaro mukofotini tashkil etish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qiladi, Markaziy Osiyo va Qozog‘iston mamlakatlari uchun birinchi bor arizalar qabul qiladi. O‘zbekistonda mukofot hamtashkilotchisi O‘zbekiston marketing uyushmasi sanaladi, Qozog‘istonda, Qirg‘iziston va Tojikistonda mukofot Markaziy Osiyo reklama uyushmasi tomonidan o‘tkaziladi. Mukofot bilan biznes, jamiyat va industriyaga salmoqli hamda o‘lchab bo‘ladigan natijalar keltiruvchi marketing kampaniyalari va loyihalar taqdirlanadi.

2022-yilda O‘zbekiston marketing uyushmasi boshqaruvi o‘zining yig‘ilishida O‘zbekistonda ikkita kasbiy bayram sanasi bo‘yicha uyushma hamkorlarining takliflarini tasdiqladi.

25-avgust – Reklama xodimi kuni

19-aprel – Marketolog kuni


Uyushma O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Reklama to‘g‘risida»gi Qonunining muhokamasida faol qatnashdi.

2022-yilda uyushmaning faol ko‘magi ostida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Marketing va reklama qo‘mitasi tuzildi, unga Uyushma hamkorlari vakillari kirdi.


2022-yilda nafaqat O‘zbekistondagi, balki Rossiya, Qozog‘istondagi barcha yirik tarmoq tadbirlarida Uyushma hamkor bo‘ldi, uyushma vakillari esa ma'ruza qildilar. Bu tadbirlar sirasida quyidagilar mavjud: Qozondagi Rossiya RPK forumi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti marketing konferensiyasi, V EMBRAS mukofoti, Toshkent davlat agrar unversiteti marketing konferensiyasi, O‘zbek-yapon markazi yubiley konferensiyasi, “Best Bloggers Awards” mukofoti, “MFaktor” va Marketing Ligasi kollaboratsiya loyihasi, Almatidagi mintaqaviy “Markaziy Osiyoda ayollar tadbirkorligi kun tartibi ” konferensiyasi, “LiveDune”dan SMM bo‘yicha “Qatlama vorkshop”.


2023-yil uchun uyushma rejalari:

https://marketing.uz/uploads/files/Marketing_plan_2023_compressed.pdf