9-iyulda yangi tarkibdagi O‘zbekiston marketing uyushmasi Boshqaruvining yig‘ilishi o‘tkazildi.

10 Июль, 2024

Uyushma tuzilmasida o‘zgarishlar bo‘ldi. Uyushma qo‘mitalari tarkibi yangilandi va ikkita yangi qo‘mita tashkil etildi. Qo‘mitalar tarkibida – uyushma hamkorlari.

O‘zbekiston marketing uyushmasi qo‘mitalari:

Ta'lim va sertifikatlashtirish qo‘mitasi (marketing sohasida ta'lim dasturlarini muhokama qilish va tasdiqlash hamda marketologlarni sertifikatlash, ta'lim bilan bog‘liq kompaniyalar). Rais – Farhod Komilov, inMarketing.

Tadqiqotlar va ekspertlar qo‘mitasi (marketing sohasida ilmiy tadqiqot faoliyatini muhokama qilish, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar va ekspertlar). Rais – Aziz Bo‘riyev, De Facto.

Marketing xizmatlarini rivojlantirish qo‘mitasi (O‘zbekiston marketing xizmatlari bozorining rivojlanishi bilan bog‘liq masalalar muhokamasi, marketing sohasida konsalting, tadqiqot, media va ishlab chiqarish xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar). Rais – Shavkat Musinov, ARASHAN.

Xalqaro munosabatlar qo‘mitasi (chet eldagi soha tashkilotlari, tadbirlar va ekspertlarni izlash, aloqa o‘rnatish va mustahkamlash). Rais – Ravshan Ibragimov, MCA advetising.

Milliy marketing qo‘mitasi (milliy marketingning barcha jihatlari).Rais – Otabek Sharapov, 605 agentlig.

Digital-qo‘mita (dijital-xizmatlar bozorining rivojlanishi). Vakil – Igor Kim, Wunder Digital.

Tanlovlar va reytinglar qo‘mitasi (tarmoq tanlovlari, mukofotlari va reytinglarini rivojlantirish muhokamasi). Rais – Rustam Mahamadjonov, Rocket.

Har bir qo‘mitaning tarkibi – marketing.uz saytida.

Yig‘ilishda raislarning o‘z qo‘mitalari faoliyati haqidagi rejalari tinglandi.

marketing.uz