TAF!24 Toshkent reklama festivalining «Beverage partner»i — Coca-Cola
TAF!24 Toshkent reklama festivalining «Beverage partner»ini taqdim etamiz — Coca-Cola
CCI — Turkiya, Pokiston, Qozog‘iston, Iroq, O‘zbekiston, Ozarboyjon, Iordaniya, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Suriyada faoliyat yurituvchi ichimliklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ko‘pmillatli kompaniya. 2024-yilga kelib CCIga Bangladesh ham qo‘shildi. Coca-Cola tizimidagi asosiy botlerlardan biri sifatida, CCI «The Coca-Cola Company»ning gazlangan va gazlanmagan ichimliklarini ishlab chiqaradi, tarqatadi va sotadi.
CCIda 10000 nafar atrofida odam ishlaydi va jami 12 ta mamlakatda 32 ta zavodga ega bo‘lib, 430 million kishini qamrab oluvchi iste'molchi bazasiga keng ko‘lamda ichimliklarni taklif qiladi.
2021-yil 29-sentyabrda «Coca-Cola Bottlers Uzbekistan»dagi davlat ulushini sotib olish bo‘yicha kelishuv imzolangan, shu bilan kompaniyani xususiylashtirish jarayoni yakunlangandi. Imzolash marosimi Toshkentdagi iqtisodiyot forumida bo‘lib o‘tdi.
«CCI Uzbekistan» Toshkent, Urganch, Namanganda zavodlarga, shuningdek Samarqandda ham 2024-yil mayda ochilgan yangi zavodga ega bo‘lib, mahsulotini ham bilvosita (distribyutorlar orqali an'anaviy, chakana mijzolarga), ham bevosita (mahalliy va zamonaviy chakana mijozlarga) sotadi.