Uyushma raisining murojaati
"Yaqindagina “Makon marketing forum 2021” marketing forumi va “2020-yil brendi” mukofoti bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekiston Marketing uyushmasi pandemiya davrida biznes-makonni jonli tadbirlar bilan uyg‘otishga urinib ko‘rdi. JST (Jaxon savdo tashkiloti)ga aʼzo bo‘lishiga hali ancha bor bo‘lgan, “jiddiy biznes” deganda haligacha xayolga imtiyozlar, monopoliyalar va davlat mulki keladigan mamlakatda marketingni rivojlantirish va marketologlarni jamlash oson ish emas, ammo, shubhasiz, buni amalga oshirish zarur.
Uyushma faoliyatidan bexabar kishilar uchun: biz tarmoq konferensiyalari, festivallar, tanlovlar va boshqa, mamlakatning yetakchi kompaniyalari va marketologlari bilan hamkorlikdagi tadbirlarni o‘tkazish orqali bozorni rivojlantirishga urinmoqdamiz. Marketing konferensiyasidagi ekspertlar chiqishlarining natijalari va “Yil brendi” mukofotida yetakchi kompaniyalarning ishtiroki ko‘rsatishicha, agar to‘g‘ri jalb qilinsa, marketing juda keng iste'molchilar auditoriyasini (300 ming kishi), ko‘p sonli brendlarni (235 ta brend) va ekspertlarni (160 kishi) qiziqtiradi.
Uyushma strategiyasi o‘z ichiga “3C”ni qamrab oladi: community, communication, crowdfunding. “Yil brendi” mukofoti brendlarga telegram-botdagi ochiq ovoz berishning sodda mexanikasi yordamida o‘ziga sadoqatli hamjamiyatni jonlantirishga yordam berdi.
Keyingi tadbir – “TAF! 2021” Toshkent reklama festivalini biz brendlar uchun yana bir muhim mavzu – reklamaga, ya'ni iste'molchi bilan kommunikatsiyaga bag‘ishlamoqchimiz. Agar oldingi yillarda festival tanlovi avvalo reklamaning kreativ jihatini rag‘batlantirgan bo‘lsa, bu yil “TAF!”, mahalliy va chet ellik ekspertlar hamda iste'molchilar yordamida, kommunikatsion strategiyalarning eng samarali natijalarini aniqlashga urinib ko‘radi. Qanday reklama loyihalari keyingi yillarda brendlarimizga o‘z biznes-vazifalarini samaraliroq hal qilishga yordam berdi? Mamlakatimizda reklama oqimi qanchalik ulkan bo‘lmasin, muvaffaqiyatli loyihalarning soni doimo cheklangan va bizning vazifamiz festival tanlov formatida eng yaxshi ishlarni belgilashdan iborat.
2019-2021-yillarda muvaffaqiyatli reklama keyslariga ega barcha marketologlar, brendlar va reklama agentliklarini yangi formatdagi “TAF!” Toshkent reklama festivali tanlovida qatnashishga taklif etamiz!"
O‘zbekiston Marketing uyushma raisi
Diyor Mirzaahmedov.