Uyushma boshqaruvi raisi Diyor Аkramovich Mirzaaxmedovni yubiley bilan tabriklaymiz!
Oʼzbekiston marketing uyushmasi Uyushma boshqaruvi raisi Diyor Аkramovich Mirzaaxmedovni yubiley bilan chin dildan tabriklaydi!
Diyor Аkramovichga xos boʼlgan reklama va marketing sohalaridagi cheksiz iqtidor va noyob tajriba Uyushma hamkorlari bilan amalga oshirilgan salmoqli va yorqin loyihalarda yaqqol namoyon boʼlmoqda.
Oʼzbekistonda marketing rivojlanishi yoʼlida charchoq bilmay mehnat qilib, u oʼz tajribasi va dolzarb bilimlarini saxiylik bilan ulashadi, davlat idoralarida marketing hamjamiyati manfaatlarini himoya qiladi va marketingni rivojlantirishga tayyor yangi hamkorlarni jalb qiladi.
Uyushmani Diyor Аkramovich bilan birga rivojlantirish imkoniyati borligidan faxrlanamiz va yubilyarga eng olamshumul maqsadlarining roʼyobga chiqishini, bunyodkorlik gʼayratini, ijodiy ilhom hamda koʼproq unutilmas voqealar va mustahkam sogʼliq tilaymiz!