Uchta maxsus mukofot
“Yil brendi” har yilgi mukofotda ekspertlar va assotsiatsiya a'zolari uchta maxsus mukofot topshiradilar. Yil shaxsi – yil yakunlariga ko‘ra, rahbarligi ostida muayyan kompaniya yoxud brendning o‘tgan yildagi rivojlanishida eng hayratlanarli natijalarga erishilgan eng yaxshi marketolog. Marketing va reklama rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun – O‘zbekistonda marketing rivojiga katta hissa qo‘shgan tadbirkor, shaxs, marketolog. Yil yangiligi – o‘tgan yilda O‘zbekistonda taqdim etilgan brendlar orasida eng hayratlanarli natijalarga erishgan brend. 2016-2019-yillarda taqdirlanganlar ro‘yxati bilan tanishing va sharhlarda Assotsiatsiya hamkorlari va ekspertlari “2020 yil brendi” har yilgi mukofot bilan taqdirlash borasida ovoz berishlari uchun uchchala maxsus mukofot bo‘yicha o‘z nomzodingizni qoldiring.