Uchinchi TAF!21 Toshkent reklama festivali bosh hamkori – “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi
Uchinchi TAF!21 Toshkent reklama festivali bosh hamkori – “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi
“O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi – bu O‘zbekistondagi eng tajribali sug‘urta kompaiyalaridan bo‘lib, o‘zining professionalizmi va yuksak ishonchliligi bilan ajralib turadi.
“O‘zbekinvest” 2019- va 2020-yillar yakunlariga ko‘ra, mahalliy sug‘urta bozorining mutlaq yetakchisi sanaladi, 2020-yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonning bosh avtosug‘urtachisi bo‘ldi va 2020 yilda iste'molchilar fikrlariga ko‘ra “Yil brendi” bo‘lib, xalq mehrini qozondi.
O‘z faoliyati davomida “O‘zbekinvest” har bir mijozining farovonligini ustuvor maqsad deb biladi, bu bilan hayotdagi eng qadrli, eng asosiy boyliklarni himoyalashning innovatsion va zamonaviy vositalarini taqdim etadi.
Respublikada onlayn sug‘urtalashni joriy etgan birinchi kompaniya o‘laroq, bugungi kunda “O‘zbekinvest” 700 mingdan ziyodroq mijoziga onlayn va oflayn sug‘urta xizmatlarini taqdim etmoqda.
Farovonligingiz uchun sug‘urta xizmatlari bilan siz “O‘zbekinvest” saytida tanishishingiz mumkin: www.insurance.uz
Kompaniyaning kunu-tun ishlovchi kol-markazi: 71 207 60 00