Uchinchi TAF!2021 Toshkent reklama festivali tanlovga ishlarni qabul qilishni boshladi
Uchinchi TAF!2021 Toshkent reklama festivali – O‘zbekistonning yagona reklama bayrami – bu yil yangi formatda o‘tkaziladi.
Festival doirasida TAF! 2021 eng yaxshi reklama tanlovi bo‘lib o‘tadi, unda O‘zbekiston Respublikasi hududida 2019-2020 yillarda amalga oshirilgan, jumladan avvalda TAF! Tanloviga taqdim etilgan eng yaxshi marketing loyihalari aniqlanadi.
Yangi formatdagi tanlovda brendlar qatnashadilar. Tanlovga ishlarni qabul qilish 2021-yil 1-iyulda marketing.uz saytida boshlandi.
TAF!2021 tanlovida ishtirok etish quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- muvaffaqiyatli ishingizni tanlov keysida rasmiylashtirish
- o‘z marketing loyihalaringizni ko‘rsatish hamda hamkasblar va iste'molchilar fikriga ega bo‘lish
- 2021-yilgi eng yaxshi reklama tanlovi g‘olibi bo‘lish
- eng yaxshi “ishlaydigan” marketing g‘oyalaridan ruhlanish
- “boshqalar”dagi samarali kommunikatsiyalar va muvaffaqiyatli strategiyalar namunalari bilan tanishish va “o‘zi uchun” xulosalar chiqarish
- umumiy muvaffaqiyatda hamkor agentliklar hissasi va ishtirokini qayd qilish
Diyor Mirzaahmedov, TAF!2021 festivali tashkilotchisi:
“Bu yil tanlov mutlaqo yangi formatda o‘tadi. Birinchidan, tanlov arizalarini brendlar taqdim etadilar, chunki tanlov avvalo har bir brendning o‘z iste'molchilari bilan kommunikatsiyasini baholashga qaratilgan. Ikkinchidan, tanlovda 10 ta yangi nominatsiya bo‘yicha marketing loyihalari baholanadi. Uchinchidan, g‘oliblarni mamlakatimizdagi eng yirik brendlarning ekspert-marketologlari saralaydilar. Bundan tashqari, birinchi marta, Telegram-botdagi ochiq ovoz berish davomida iste'molchilarning o‘zlari brendlar kommunikatsiyasini baholaydilar.
Vazifamiz – brendlar g‘oyalarining mazmunini va samaradorligini, brendlarning iste'molchilar bilan kommunikatsiyasini professional qiyoslash va baholash orqali brendlarning rivojiga ko‘maklashish, marketing va reklama sohasidagi mutaxassislarni birlashtirish va o‘qitish, eng yaxshi marketing loyihalarini aniqlash va brendlarning muvaffaqiyatli ilgarilatishga xizmat qilish.
Bundan tashqari, biz mamlakatimizning eng yaxshi reklamalarini tayyorlayotgan muvaffaqiyatli brendlarga o‘z yutuqlarini ko‘rsatib, qayd etish, shuningdek hamkasblar bahosi va o‘z iste'molchilari ovozlariga ega bo‘lish imkonini beruvchi maydonni yaratish istagidamiz. Endi ish boshlayotgan kompaniyalar esa, o‘z loyihalari uchun g‘oyalar va samarali reklama misollariga ega bo‘ladilar. Barcha brendlarni TAF! tanlovining yangi formatini qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman”.
TAF! 2021 eng yaxshi reklama tanlovi 10 ta nominatsiyada g‘oliblarni aniqlaydi:
1. Yangi mahsulot yoki xizmatning ishga tushirilishi
2. Rebrending
3. Bitta kommunikatsiya kanaliga ega kampaniya
4. Integratsiyalangan kampaniya
5. Mashhur shaxslar ishtirokidagi reklama kampaniyasi
6. SMM-kampaniya
7. Mavsumiy kampaniya
8. Komyuniti, hamjamiyat, sadoqatlilik dasturining yaratilishi
9. Milliy qadriyatlar ishtirokidagi kampaniya
10. Ijtimoiy muhim vazifalarning hal qilinishi
marketing.uz saytida ishlarni hoziroq topshirish va tanlov ekspert hay'ati tarkibi bilan tanishish mumkin – unga marketing va reklama sohasidagi, tegishlicha professional tajriba va yutuqlarga ega yetakchi mutaxassislar kirgan.
Ekspert hay'atining ovoz berishiga parallel ravishda Uzbrand telegram-botida iste'molchilarning ochiq ovoz berishi o‘tkaziladi, unda brendlar va loyihalarga ovoz berish istagida bo‘lgan barcha qatnashishi mumkin. Iste'molchilar ovoz berishi statistikasini marketing.uz saytida real vaqt rejimida ko‘rish mumkin.
G‘oliblar ekspertlar va iste'molchilar o‘rtasida ovoz berish natijalari bo‘yicha alohida-alohida tanlanadi. Har bir nominatsiyada ekspertlar oltin, kumush va bronza sohiblarini aniqlaydilar, iste'molchilar esa, nominatsiya g‘olibini ko‘rsatadilar. Tanlovda, shuningdek, maxsus mukofotlar ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, ularning sohiblarini ekspert hay'ati belgilaydi.
Ekspertlar va iste'molchilarning ovoz berishi yakunlari Uchinchi TAF!2021 Toshkent reklama festivali doirasida o‘tadigan Tantanali taqdirlash marosimida tanlov g‘oliblari rasman e'lon qilingandan keyin, www.marketing.uz saytida nashr etiladi.
http://marketing.uz/ saytida tanlov reglamenti bilan tanishish va tanlovga ishlarni topshirish mumkin.
Tashkilotchilar:
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashi qo‘mitasi
O‘zbekiston Marketing uyushmasi