Tanlov ishlarining qabuli yakunlanishiga 20 kun qoldi!

16 Август, 2021

Tanlov ishlarining qabuli yakunlanishiga va hakamlar hay'ati hamda iste'molchilar ovoz berishi boshlanishiga 20 kun qoldi!

Reklama agentliklar tanlovda nega qatnashishlari kerak?

1️.Tanlovda g‘alaba qozonish va 45 nafar mahalliy ekspert-marketolog va yuz minglab iste'molchi e'tirofiga sazovor bo‘lish.

2️. Portfolioni Markaziy Osiyodagi yagona reklama, marketing tanlovida qatnashadigan keys bilan boyitish.

3. Ixtisoslashgan professional maydonchada potensial buyurtmachilarga o‘zini tanitish.

4. Tanlovda qatnashish tajribasiga va hay'at a'zolari hamda iste'molchilardan mulohazalarga ega bo‘lish.

Tanlovda qatnashish juda oson!

O‘tgan yildagi TAF! tanlovi keyslarini ko‘rib chiqing va o‘z buyurtmachilaringiz hamda iste'molchilar uchun bu yilgi eng yaxshi brendga aylanish qaroriga keling!

Marketing TAF!2020 toifasidagi ishlar

O‘tgan yilgi TAF! tanlov ishlari bepul qabul qilinadi!

marketing.uz