TAF!21 Eng yaxshi reklama tanlovi nomitsiyalari

15 Февраля, 2022

Bu yil TAF!21 eng yaxshi reklama tanlovida 10 ta nominatsiya mavjud.

Ular haqda batafsil so‘zlab beramiz.

1.Yangi mahsulot yoki xizmatni joriy qilish

Xaridorlarga yangi mahsulot yoki xizmatni taqdim etishga qaratilgan kampaniya. Bu yangi

brendlar, mavjud brendning yangi mahsulotlari yoki mahsulotlar safining kengaytirilishi

bo‘lishi mumkin.

2.Rebrending

Ham brendni, ham u ishlab chiqaradigan tovarni yoki uning tarkibiy qismlari: logotip, slogan,

vizual bezaklarni o‘zgartirish kampaniyasi.

3.Bitta kommunikatsiya kanaliga ega kampaniya

Bitta kommunikatsiya kanali (TV, tashqi reklama, matbuotda, radioda reklama va boshq.)ga

ega yoki bitta maydonda amalga oshirilgan kampaniyalar.

4.Integratsiyalangan kampaniya

Bir necha kommunikatsiya kanallariga ega reklama kampaniyasi (TV, tashqi reklama,

matbuotda, radioda reklama va boshq.)

5.Mashhur shaxslar ishtirokidagi reklama kampaniyasi

Mashhur shaxs/ta'sir agenti – selebriti, inflyuenser, bloger – iste'molchining e'tibori va

qiziqishini bendga qaratish uchun muvaffaqiyatli foydalanilgan kampaniya.

6.SMM-kampaniya

Ijtimoiy tarmoqlarni o‘z auditoriyasi bilan muloqotdagi asosiy kommunikatsiya kanali sifatida

qo‘llagan reklama kampaniyasi.

7.Mavsumiy kampaniya

O‘z marketing sa'y-harakatlarini iste'molchilarning mavsumiy faolligi yoki biror-bir voqea

(masalan, Yangi yil, yozgi dam olish, qishki sport turlari, 8 mart va sh.k.) atrofida jamlagan

reklama kampaniyalari.

8.Komyuniti, hamjamiyat, sadoqatlilik dasturini yaratish

Brendning faol hamjamiyatini tuzish va o‘stirishga yoki xaridorlarning brendga sadoqatini

oshirishga va ular o‘rtasida uzoq muddatli munosabatlar o‘rnatilishiga qaratilgan loyihalar.

9.Milliy qadriyatlar ishtirokidagi kampaniyalar

Milliy qadriyatlar, insaytlar va an'analarni o‘z marketing maqsadlariga erishish uchun

samarali va ta'sirchan qo‘llay olgan kampaniyalar.

10.Ijtimoiy ahamiyatga ega vazifalarni hal qilish

Biznes-maqsadlar va ijtimoiy ahamiyatga ega vazifalar (salomatlik, ekologiya, ta'lim, jamiyat,

oila)ni hal etishni samarali birlashtirgan va bu maqsadlarni brendning umumiy strategiyasi

bilan muvaffaqiyatli bog‘lay oldilar.

Muvaffaqiyatli keysingiz bir yoki bir necha nominatsiyalarga to‘g‘ri keladimi? Bizga qo‘shiling!

O‘z muvaffaqiyatingizni reklama qiling, iste'molchilaringiz uchun eng yaxshi brendga aylaning!

marketing.uz