TAF! eng yaxshilarni jamlaydi!
TAF! eng yaxshilarni jamlaydi!
Biz TAF! tanlovida brendlar va agentliklar nega qatnashishlari kerakligi haqida avvalroq yozgandik. Ammo buning yana bir muhim sababi bor.
TAF! tanlovi O‘zbekistonda amalda birinchi bo‘lib, muvaffaqiyatli mahalliy marketing loyihalarining istalgan shaxs uchun ochiq bazasini shakllantiradi.
Tanlovdagi barcha keyslar – bu eng yaxshi brendlarning o‘z iste'molchilari bilan real muvaffaqiyatli kommunikatsiyalaridan misollardir. Bu – bir resursda jamlangan muvaffaqiyat tarixi va:
1️. Har bir tanlov ishtirokchisi tomonidan anchayin dadil qadam – o‘zining ko‘pkunli va noyob ishlari natijasi bilan ochiq o‘rtoqlashish.
2️. Mamlakatimizda marketing borligi va u muvafaqiyatli kompaniyalar uchun muhimligi foydasiga dalil.
3️. Xayrli amal – boshqa brendlarni ruhlantirish va umuman bozorni rivojlantirish uchun o‘zi amalga oshirgan g‘oyalarni ko‘rsatish va ular haqda so‘zlab berish.
Biz tanlovning har bir ishtirokchisiga qo‘llab-quvvatlaganlari uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz!