Spartak Tetrashvili - MAKON Marketing Forum 2021 biznes-forumi ma'ruzachisi
AirBnB, Netflix, Uber va Alibabani nima birlashtiradi? Bu innovatsion mahsulotlar o‘z tarmoqlarida yetakchi bo‘lib olish bilan birga, uni butkul o‘zgartirib yubordilar.
Innovatsiyalar bugungi kunda bank tarmog‘ini qay darajada o‘zgartiradi? Axir, banking 2.0, vositachilarsiz banking, “barcha bilan birga” banking haqida muhokamalar davom etarkan, biz, u yoki bu shaklda, qariyb har kuni bank xizmatlaridan foydalanamiz.
Kelajak banki qanday va keyingi bir necha yil ichida O‘zbekistonda qanday xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi?
Bu haqda 22 mayda III MAKON Marketing Forum 2021 xalqaro marketing biznes-forumida O‘zbekistondagi birinchi innovatsion yondashuvga ega raqamli bank – TBC Bank Uzbekistan rahbari Spartak Tetrashvili so‘zlab beradi.
Onlayn konferensiya rus tilida bo'lib o'tadi.
Biznes-forum dasturi, ma'ruzachilar va chiqishlar mavzulari:
III MAKON Marketing Forum