Reklama va raqobat to’g’risida qonunlar loyihalari ko'rib chiqilmoqda
Hurmatli hamkasblar!
Uyushmamizning jo‘shqin faoliyati sababli men, uyushma raisi sifatida, Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zoligiga taklif etildim va Jamoatchilik kengashida O‘zbekiston marketing uyushmasining vakili bo‘laman.
O/zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tadbirkorlar uchun o‘ta muhim bo‘lgan ikkita qonun – “Reklama to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun loyihalarini tayyorlagan.
Hamjamiyatimizda ushbu hujjatlar bilan tanishish va o‘z mulohazalarimiz, tavsiyalarimizni berish imkoni mavjud. Bu qonunlar qanday bo‘lishi hozirda bizning fikr-mulohazamizga ham bog‘liq.
O‘z fikrlaringizni 19-iyulga qadar menga shaxsiy xabar orqali yo‘llashingizni so‘rayman. Men esa, Jamoatchilik kengashi a'zosi sifatida, sizning xabarlaringiz tegishli instansiyagacha borishini ta'minayman!
Hurmat bilan,
Diyor Mirzaaxmedov
O‘zbekiston Marketing uyushmasi raisi