Press reliz
Press-reliz
Uchinchi TAF!21 Toshkent reklama festivali
2021-yil 9-oktyabr, Toshkent
9-oktyabrda Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida har yilgi xalqaro reklama konferensiyasi, ABC-show, TAF!21 eng yaxshi reklama tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, 10-oktyabrda dizaynerlar uchun vorkshop o‘tkazildi.
Birinchi bor 2019-yil aprelda, III ADWEEK marketing va reklama haftaligi doirasida o‘tkazilgan TAF! Toshkent reklama festivali keyingi yillarda poytaxtning faol festivallar hayotidan munosib o‘rin oldi. O‘tgan yil ham festival o‘tkazilgandi. Ma'lum holatlarga qaramay, 2020-yil avgustda TAF! ANTI CRISIS onlayn formatda tashkil etildi.
Toshkent reklama festivalining o‘ziga xosligi shundaki, bugungi kunda u mamlakatdagi yagona reklama bayrami bo‘lib, unda muvaffaqiyatli brendlar va iste'molchilar qatnashadilar, eng yaxshi mahalliy reklama loyihalari aniqlanadi, yetkchi xorijiy va mahalliy ekspertlar o‘zlarining amaliy bilimlari bilan o‘rtoqlashadilar va festivalning barcha ishtirokchilari eng yaxshi jahon reklamasi g‘oyalari bilan tanishish va ulardan ruhlanishning noyob imtihoniga ega bo‘ladilar.
TAF!21 festivali – O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, O‘zbekiston Marketing uyushmasi tomonidan tashkil qilingan eng keng ko‘lamdagi tarmoq voqeasi bo‘lib, hamkorlar qo‘llab-quvvatlashi tufayli ro‘yobga chiqdi. Bugungi kunda festival Rossiya, Ukraina va Gruziyadan konferensiya ma'ruzachilarini, tanlovning eng yirik mahalliy brendlarning 48 nafar vakilidan iborat ekspert hay'atini,tanlovda qatanashyotgan 112 ta brendni, minglab iste'molchilarni – birinchi ochiq ovoz berish ishtirokchilarini, shuningdek samarali kommunikatsiyalar biznesni rivojlantiradi, degan festivalning bosh g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan kompaniya va tashkilotlarni jamlaydi.
Festival dasturida: TAF!21 eng yaxshi reklama tanlovi, xalqaro reklama konferensiyasi, ABC-show va eng yaxshi reklama tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi.
Xalqaro reklama konferensiyasi ma'ruzachilari:
- Andrey Gubaydullin, “Vosxod” RA kreativ direktori va hamsohibi (Rossiya)
Ma'ruza mavzusi: O‘z iste'molchilaringizni seving - Valentin Panyuta, brand Leader, co-CEO Fedoriv agency (Ukraina)
Mavzu: Reklama aslida qanday ishlaydi - Vladimir Lifanov, “Suprematika” brending agentligi asoschisi (Rossiya)
Mavzu: Chiroqdan chiqqan jin. Dizaynning ambitsiyasi achinarli voqyelik bilan qanday to‘qnash kelishi to‘g‘risida - Maksim Ilyuxin, head of CX & Product, co-CEO Fedoriv agency (Ukraina)
- Aleksey Maksimenko, brand leader Fedoriv agency (Ukraina)
- Malik Karimov, korzinka.uz marketing bo‘yicha direktori (O‘zbekiston)
Mavzu: What great brands do: nega milliy ko‘lamdagi brendni yangilash kerak
- Rustam Xoliqov, “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari (O‘zbekiston)
- Iroda Orifxo‘jaeva, “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasining Marketing va chakana sug‘urta biznesini rivojlantirish departamenti rahbari (O‘zbekiston)
Mavzu:
Sug‘urtaning tug‘ilishi va rivojlanishi haqida afsona.
Asosiysi haqida qayg‘uramiz, qadrlisini avaylaymiz!
- Nikoloz Kurdiani, TBC Bank Uzbekistan kuzatuv kengashi raisi (Gruziya)
Mavzu:
360 kampaniyasi doirasida milliy qadriyatlar - Akmal Raimov, Dodo Pizza Tashkent xalqaro pitsseriyalar tarmog‘i direktori (O‘zbekiston)
Mavzu: Data-Driven marketing: O‘zbekiston tayyormi? - Stanislav Telpis, “Admixer” direktor (Ukraina)
Kampaniyalaringiz samaradorligini bugunoq oshirishi mumkin bo‘lgan beshta internet-reklama trendi - Ivan Churilin, “ABC show” prezidenti (Rossiya)
ABC Show namoyishi
Diyor Mirzaaxmedov, TAF!21 festivali tashkilotchisi:
“Toshkent reklam festivali – bu har yilgi xalqaro professional loyiha bo‘lib, bu yil yangi formatga urg‘u berdi. Bugun, o‘sib borayotgan raqobat sharoitida, kuchli brendni shakllantirish va keyin uni brend-kommunikatsiyalardan foydalanib ilgarilatish mulkchilik shaklidan qatxi nazar, har qanday kompaniyaning muvaffaqiyatli faoliyatini ta'minlovchi marketing siyosatining muhim tarkibiy qismi sanaladi. Shu sababli, festivalda biz brendlarning o‘z iste'molchilari bilan samarali kommunikatsiyalari to‘g‘risida, bunday kommunikatsiyalarning ham brendlar, ham iste'molchilar uchun natijalari, yaxshi reklama va uni haqiqatan sotadigan qilish yo‘llari to‘g‘risida gaplashamiz. Biz, festival ishtirokchilari yangi bilimlar olibgina qolmay, ma'ruzachilarga o‘z savollarini bera olishlari uchun ham brending va dizayn sohasidagi rasmana “yulduz” ekspertlarni taklif etdik”.
9-oktyabrda Festival doirasida xayriya kim oshdi savdosi o‘tkazildi, undan tushgan mablag‘lar “Ezgu Amal” fondiga o‘tkazildi. Festival ishtirokchilari eng yaxshi reklama posteri uchun ekspress-ovoz berishda qatnashdilar. Eng ko‘p ovoz olgan beshta poster xayriya kim oshdi sadvosiga qo‘yildi.
Shuningdek, “Artel”dan sovrinlar o‘yini va boshqa festival hamkorlaridan qiziqarli tadbirlar o‘tkazildi.
Xalqaro reklama konferensiyasi yakunlanishi bilan noyob ABC-shou – eng yaxshi jahon reklama kolleksiyasi namoyishi boshlandi. Kolleksiya har yili yangilanib boradi, bu 45 ta jahon reklama va marketing festivallarida mukofot olgan video-roliklarning bir soatli namoyishidir. Toshkentda shou birinchi bor 2019 yilda, Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida muvaffaqiyat bilan o‘tgan, tomoshabinlarning ko‘plab ijobiy hissiyotlari va mulohazalariga ega bo‘lgandi.
TAF!21 eng yaxshi reklama tanlovi – bu O‘zbekiston Respublikasi hududida 2019-2021-yillarda amalga oshirilgan, jumladan avvalda TAF! tanloviga taqdim etilgan eng yaxshi marketing loyihalarining aniqlanishidir.
19:00da TAF!21 eng yaxshi reklama tanlovi g‘oliblarini taqdirlashning tantanali marosimi boshlandi. Bu yil tanlovda 112 ta brendning 207 ta loyihasi qatnashdi, mutlaqo yangi format e'lon qilindi. Tashkilotchilar brendlarning iste'molchilar bilan samarali reklama kommunikatsiyasiga urg‘u berdilar va tanlov keyslari – bu muvaffaqiyatli marketing loyihalaridir.
TAF!21 festivali tashkilotchisi Diyor Mirzaahmedov:
“Ikki yil davomida tanlov yetakchi kreativ agentliklar uchun yaxshigina tajriba maydoni bo‘ldi, ammo brendlar va reklama bozorining salmoqli qismi chetdan kuzatish bilan kifoyalanmoqdalar hamda tanlov va reklamaning bir lahzalik emas, balki butun biznesning rivojlanishiga rag‘bat ma'nosidagi amaliy foydasini yetarli tushunmayaptilar.
Bundan tashqari, brend kommunikatsiyasi – bu bugungi kunda uning qadriyatiga sezilarli ta'sir ko‘rsatuvchi omildir. Keyingi paytlarda ko‘pchilik buni yaqqolroq tushunmoqda. Shu sababli, biz iste'molchi bilan samarali dialogning ahamiyati haqida, ularga hurmat va mehr-muhabbat, professionalizm va reklama kommunikatsiyalarining natijaviyligi haqida so‘zlovchi tanlovni birinchi bor o‘tkazishga qaror qildik. Bu tanlov iste'molchilar bilan samarali kommunikatsiya hamda iste'molchilar brenddan qanday foyda olishlari to‘g‘risidadir.
TAF!21 tanlovi sahifasida 112 ta brendning keyingi paytlarda amalga oshirilgan mahalliy kommunikatsiya keyslarining noyob katalogi ovoz berish maqsadlari, qarorlari va natijalari bilan taqdim etilgan. muvaffaqiyatli loyihalarning bunday ko‘lamda va miqdordagi to‘plami tariximizda hali jamlanmagandi!”
Yaxshi reklama biznesni rivojlantiradi. Yaxshi reklama nima? U qanday ishlaydi? Iste'molchini harakatga undaydimi? To‘g‘ri tanlov qilishga yordam beradimi?
Eng faol va muvaffaqiyatli brendlarning marketing.uz saytidagi tanlov keyslarini ko‘zdan kechirib mana shu va ko‘plab boshqa savollarga javob topish mumkin!
Tanlovda 10 ta nominatsiya bor. Masalan, yangi mahsulotni joriy qilish, mashhur shaxslar bilan reklama kampaniyasi, SMM, rebrending va boshqalar.
G‘oliblarni 48 nafar ekspert-marketolog va mashhur brend hamda agentliklar rahbarlari aniqladilar. Birinchi marta parallel ravishda @TAF21bot Telegram-botida iste'molchilarning ochiq ovoz berishlari o‘tkazildi, unda 45000 dan ziyod iste'molchi qatnashdi. Iste'molchilarning ochiq ovoz berishlari 7 sentyabrdan 1 oktyabrgacha o‘tkazildi. Istalgan kishi muvaffaqiyatli loyihalarni ko‘rishi va eng yaxshi loyiha, brendga ovoz berishi mumkin bo‘ldi. Ovoz berish natijalari real vaqt rejimida https://marketing.uz/tashkentskiy-festival-reklami-taf-2021/ saytida aks etib bordi.
Ekspertlar va iste'molchilar tanloviga asosida ovoz berish natijalariga ko‘ra g‘oliblar alohida-alohida aniqlandi. Har bir nominatsiyada ekspertlar oltin, kumush va bronza sohiblarini belgilashsa, iste'molchilar nominatsiya g‘oliblarini aniqladilar. Shuningdek, tanlovda maxsus sovrinlar ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, ularning g‘oliblarini ekspertlar hay'ati aniqladi.
Tanlov nominatsiyalari:
1. Yangi mahsulot yoki xizmatni joriy qilish
- Rebrending
- Bitta kanalli kampaniya
- Integratsiyalangan kampaniya
- Mashhur shaxslar ishtirokidagi reklama kampaniyasi
- SMM-kampaniya
- Mavsumiy kampaniya
- Komyuniti, hamjamiyat, sadoqatlilik dasturini yaratish
- Milliy qadriyatlardan foydalanilgan kampaniya
- Ijtimoiy ahamiyatga ega masalalarning hal etilishi
10-oktyabrda “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida birinchi marta moskvalik mashhur dizayner, “Suprematika” brending agentligi asoschisi Vladimir Lifanov va toshkentlik mashhur dizayner, “MA’NO Branding” hammuassisi va dizayn-direktori Temur Sa'diyning dizaynerlar uchun “Dizayn-salom Moskva-Toshkent” vorkshopi o‘tkazildi.
Festival haqida batafsil ma'lumot: https://marketing.uz/tretij-tashkentskij-festival-reklamy-taf-2021/
Iste'molchilar ovoz berishi natijalari: https://marketing.uz/tashkentskiy-festival-reklami-taf-2021/#voting
Tashkilotchilar: O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, O‘zbekiston Marketing uyushmasi.
Bosh hamkor: “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi.
Пресс-релиз
Учинчи TAF!21 Тошкент реклама фестивали
2021 йил 9 октябрь, Тошкент
9 октябрда Hyatt Regency Tashkent меҳмонхонасида ҳар йилги халқаро реклама конференцияси, ABC-show, TAF!21 энг яхши реклама танлови ғолибларини тақдирлаш маросими бўлиб ўтди, 10 октябрда дизайнерлар учун воркшоп ўтказилди.
Биринчи бор 2019 йил апрелда, III ADWEEK маркетинг ва реклама ҳафталиги доирасида ўтказилган TAF! Тошкент реклама фестивали кейинги йилларда пойтахтнинг фаол фестиваллар ҳаётидан муносиб ўрин олди. Ўтган йил ҳам фестиваль ўтказилганди. Маълум ҳолатларга қарамай, 2020 йил августда TAF! ANTI CRISIS онлайн форматда ташкил этилди.
Тошкент реклама фестивалининг ўзига хослиги шундаки, бугунги кунда у мамлакатдаги ягона реклама байрами бўлиб, унда муваффақиятли брендлар ва истеъмолчилар қатнашадилар, энг яхши маҳаллий реклама лойиҳалари аниқланади, еткчи хорижий ва маҳаллий экспертлар ўзларининг амалий билимлари билан ўртоқлашадилар ва фестивалнинг барча иштирокчилари энг яхши жаҳон рекламаси ғоялари билан танишиш ва улардан руҳланишнинг ноёб имтиҳонига эга бўладилар.
TAF!21 фестивали – Ўзбекистон Республикаси Монополияга қарши курашиш қўмитаси, Ўзбекистон Маркетинг уюшмаси томонидан ташкил қилинган энг кенг кўламдаги тармоқ воқеаси бўлиб, ҳамкорлар қўллаб-қувватлаши туфайли рўёбга чиқди. Бугунги кунда фестиваль Россия, Украина ва Грузиядан конференция маърузачиларини, танловнинг энг йирик маҳаллий брендларнинг 48 нафар вакилидан иборат эксперт ҳайъатини,танловда қатанашётган 112 та брендни, минглаб истеъмолчиларни – биринчи очиқ овоз бериш иштирокчиларини, шунингдек самарали коммуникациялар бизнесни ривожлантиради, деган фестивалнинг бош ғоясини қўллаб-қувватлаган компания ва ташкилотларни жамлайди.
Фестиваль дастурида: TAF!21 энг яхши реклама танлови, халқаро реклама конференцияси, ABC-show ва энг яхши реклама танлови ғолибларини тақдирлаш маросими.
Халқаро реклама конференцияси маърузачилари:
- Андрей Губайдуллин, “Восход” РА креатив директори ва ҳамсоҳиби (Россия)
Маъруза мавзуси: Ўз истеъмолчиларингизни севинг - Валентин Панюта, brand Leader, co-CEO Fedoriv agency (Украина)
Мавзу: Реклама аслида қандай ишлайди - Владимир Лифанов, “Супрематика” брендинг агентлиги асосчиси (Россия)
Мавзу: Чироқдан чиққан жин. Дизайннинг амбицияси ачинарли воқелик билан қандай тўқнаш келиши тўғрисида - Максим Илюхин, head of CX & Product, co-CEO Fedoriv agency (Украина)
- Алексей Максименко, brand leader Fedoriv agency (Украина)
- Малик Каримов, korzinka.uz маркетинг бўйича директори (Ўзбекистон)
Мавзу: What great brands do: нега миллий кўламдаги брендни янгилаш керак
- Рустам Холиқов, “Ўзбекинвест” суғурта компанияси бош директорининг биринчи ўринбосари (Ўзбекистон)
- Ирода Орифхўжаева, “Ўзбекинвест” суғурта компаниясининг Маркетинг ва чакана суғурта бизнесини ривожлантириш департаменти раҳбари (Ўзбекистон)
Мавзу:
Суғуртанинг туғилиши ва ривожланиши ҳақида афсона.
Асосийси ҳақида қайғурамиз, қадрлисини авайлаймиз!
- Николоз Курдиани, TBC Bank Uzbekistan кузатув кенгаши раиси (Грузия)
Мавзу:
360 кампанияси доирасида миллий қадриятлар - Акмал Раимов, Dodo Pizza Tashkent халқаро пиццериялар тармоғи директори (Ўзбекистон)
Мавзу: Data-Driven маркетинг: Ўзбекистон тайёрми? - Станислав Тельпис, “Admixer” директор (Украина)
Кампанияларингиз самарадорлигини бугуноқ ошириши мумкин бўлган бешта интернет-реклама тренди - Иван Чурилин, “ABC show” президенти (Россия)
ABC Show намойиши
Диёр Мирзаахмедов, TAF!21 фестивали ташкилотчиси:
“Тошкент реклам фестивали – бу ҳар йилги халқаро профессионал лойиҳа бўлиб, бу йил янги форматга урғу берди. Бугун, ўсиб бораётган рақобат шароитида, кучли брендни шакллантириш ва кейин уни бренд-коммуникациялардан фойдаланиб илгарилатиш мулкчилик шаклидан қатхи назар, ҳар қандай компаниянинг муваффақиятли фаолиятини таъминловчи маркетинг сиёсатининг муҳим таркибий қисми саналади. Шу сабабли, фестивалда биз брендларнинг ўз истеъмолчилари билан самарали коммуникациялари тўғрисида, бундай коммуникацияларнинг ҳам брендлар, ҳам истеъмолчилар учун натижалари, яхши реклама ва уни ҳақиқатан сотадиган қилиш йўллари тўғрисида гаплашамиз. Биз, фестиваль иштирокчилари янги билимлар олибгина қолмай, маърузачиларга ўз саволларини бера олишлари учун ҳам брендинг ва дизайн соҳасидаги расмана “юлдуз” экспертларни таклиф этдик”.
9 октябрда Фестивал доирасида хайрия ким ошди савдоси ўтказилди, ундан тушган маблағлар “Ezgu Amal” фондига ўтказилди. Фестиваль иштирокчилари энг яхши реклама постери учун экспресс-овоз беришда қатнашдилар. Энг кўп овоз олган бешта постер хайрия ким ошди садвосига қўйилди.
Шунингдек, “Artel”дан совринлар ўйини ва бошқа фестиваль ҳамкорларидан қизиқарли тадбирлар ўтказилди.
Халқаро реклама конференцияси якунланиши билан ноёб ABC-шоу – энг яхши жаҳон реклама коллекцияси намойиши бошланди. Коллекция ҳар йили янгиланиб боради, бу 45 та жаҳон реклама ва маркетинг фестивалларида мукофот олган видео-роликларнинг бир соатли намойишидир. Тошкентда шоу биринчи бор 2019 йилда, Алишер Навоий номидаги кино саройида муваффақият билан ўтган, томошабинларнинг кўплаб ижобий ҳиссиётлари ва мулоҳазаларига эга бўлганди.
TAF!21 энг яхши реклама танлови – бу Ўзбекистон Республикаси ҳудудида 2019-2021 йилларда амалга оширилган, жумладан аввалда TAF! танловига тақдим этилган энг яхши маркетинг лойиҳаларининг аниқланишидир.
19:00да TAF!21 энг яхши реклама танлови ғолибларини тақдирлашнинг тантанали маросими бошланди. Бу йил танловда 112 та бренднинг 207 та лойиҳаси қатнашди, мутлақо янги формат эълон қилинди. Ташкилотчилар брендларнинг истеъмолчилар билан самарали реклама коммуникациясига урғу бердилар ва танлов кейслари – бу муваффақиятли маркетинг лойиҳаларидир.
TAF!21 фестивали ташкилотчиси Диёр Мирзааҳмедов:
“Икки йил давомида танлов етакчи креатив агентликлар учун яхшигина тажриба майдони бўлди, аммо брендлар ва реклама бозорининг салмоқли қисми четдан кузатиш билан кифояланмоқдалар ҳамда танлов ва рекламанинг бир лаҳзалик эмас, балки бутун бизнеснинг ривожланишига рағбат маъносидаги амалий фойдасини етарли тушунмаяптилар.
Бундан ташқари, бренд коммуникацияси – бу бугунги кунда унинг қадриятига сезиларли таъсир кўрсатувчи омилдир. Кейинги пайтларда кўпчилик буни яққолроқ тушунмоқда. Шу сабабли, биз истеъмолчи билан самарали диалогнинг аҳамияти ҳақида, уларга ҳурмат ва меҳр-муҳаббат, профессионализм ва реклама коммуникацияларининг натижавийлиги ҳақида сўзловчи танловни биринчи бор ўтказишга қарор қилдик. Бу танлов истеъмолчилар билан самарали коммуникация ҳамда истеъмолчилар бренддан қандай фойда олишлари тўғрисидадир.
TAF!21 танлови саҳифасида 112 та бренднинг кейинги пайтларда амалга оширилган маҳаллий коммуникация кейсларининг ноёб каталоги овоз бериш мақсадлари, қарорлари ва натижалари билан тақдим этилган. муваффақиятли лойиҳаларнинг бундай кўламда ва миқдордаги тўплами тарихимизда ҳали жамланмаганди!”
Яхши реклама бизнесни ривожлантиради. Яхши реклама нима? У қандай ишлайди? Истеъмолчини ҳаракатга ундайдими? Тўғри танлов қилишга ёрдам берадими?
Энг фаол ва муваффақиятли брендларнинг marketing.uz сайтидаги танлов кейсларини кўздан кечириб мана шу ва кўплаб бошқа саволларга жавоб топиш мумкин!
Танловда 10 та номинация бор. Масалан, янги маҳсулотни жорий қилиш, машҳур шахслар билан реклама кампанияси, SMM, ребрендинг ва бошқалар.
Ғолибларни 48 нафар эксперт-маркетолог ва машҳур бренд ҳамда агентликлар раҳбарлари аниқладилар. Биринчи марта параллель равишда @TAF21bot Telegram-ботида истеъмолчиларнинг очиқ овоз беришлари ўтказилди, унда 45000 дан зиёд истеъмолчи қатнашди. Истеъмолчиларнинг очиқ овоз беришлари 7 сентябрдан 1 октябргача ўтказилди. Исталган киши муваффақиятли лойиҳаларни кўриши ва энг яхши лойиҳа, брендга овоз бериши мумкин бўлди. Овоз бериш натижалари реал вақт режимида https://marketing.uz/tashkentskiy-festival-reklami-taf-2021/ сайтида акс этиб борди.
Экспертлар ва истеъмолчилар танловига асосида овоз бериш натижаларига кўра ғолиблар алоҳида-алоҳида аниқланди. Ҳар бир номинацияда экспертлар олтин, кумуш ва бронза соҳибларини белгилашса, истеъмолчилар номинация ғолибларини аниқладилар. Шунингдек, танловда махсус совринлар ҳам кўзда тутилган бўлиб, уларнинг ғолибларини экспертлар ҳайъати аниқлади.
Танлов номинациялари:
1. Янги маҳсулот ёки хизматни жорий қилиш
- Ребрендинг
- Битта каналли кампания
- Интеграцияланган кампания
- Машҳур шахслар иштирокидаги реклама кампанияси
- SMM-кампания
- Мавсумий кампания
- Комьюнити, ҳамжамият, садоқатлилик дастурини яратиш
- Миллий қадриятлардан фойдаланилган кампания
- Ижтимоий аҳамиятга эга масалаларнинг ҳал этилиши
10 октябрда “Hyatt Regency Tashkent” меҳмонхонасида биринчи марта москвалик машҳур дизайнер, “Супрематика” брендинг агентлиги асосчиси Владимир Лифанов ва тошкентлик машҳур дизайнер, “MA’NO Branding” ҳаммуассиси ва дизайн-директори Темур Саъдийнинг дизайнерлар учун “Дизайн-салом Москва-Тошкент” воркшопи ўтказилди.
Фестиваль ҳақида батафсил маълумот: https://marketing.uz/tretij-tashkentskij-festival-reklamy-taf-2021/
Истеъмолчилар овоз бериши натижалари: https://marketing.uz/tashkentskiy-festival-reklami-taf-2021/#voting
Ташкилотчилар: Ўзбекистон Республикаси Монополияга қарши курашиш қўмитаси, Ўзбекистон Маркетинг уюшмаси.
Бош ҳамкор: “Ўзбекинвест” суғурта компанияси.