O'zbekistondagi brendlar uchun eng yaxshi reklama festivali

29 Июль, 2021

O‘zbekiston reklama festivallarisiz qanday yashaganligini eslaysizmi?

Monopoliyalar serob, biznes kam, raqobat undan ham kam, reklama ham shunga yarasha edi. Festival haqida gapirishning o‘zi o‘rinsizdek ko‘rinardi. Mamlakatda reklama kelajagi qattiq tashvish uyg‘ota boshlaganda, bir guruh entuziastlar tufayli TAF! Toshkent reklama festivali paydo bo‘ldi. Rosmana, xalqaro konferensiyasi, kreativ tanlovi, hurmatga sazovor xalqaro hay'ati va nafaqat poytaxt, balki butun mamlakatdan iqtidorli reklamachilarni birlashtirish istagiga asoslangan festival!

Toshkent bunday festivalga chanqoq ekanligi ma'lum bo‘ldi.

Uni qo‘llab-quvvatladilar, ishonch bildirdilar, mamlakatdagi ko‘plab reklama va kreativ agentliklar hamda xorijiy mehmonlar qatnashdilar. Birinchi marta dongdor hay'at va ajoyib ma'ruzachilar keldilar. Bir qarashda hammasi shu tariqa rivojlanadigandek ko‘rinardi, oldinda yangi sinovlar turganini hyech kim bilmasdi.

Ammo o‘tgan yil, hamma qatori, TAF! uchun ham mustahkamlik sinovi bo‘ldi.

TAF! onlayn rejimda, festival muhitidagi jonli muloqotsiz o‘tkazildi. Qattiqqo‘l va obro‘li hay'atning qat'iy, ammo adolatli hakamligi, shuningdek xalqaro reklama konferensiyasi ma'ruzachilarining tomoshabinlardan chetda ekanligi haqiqiy sinov bo‘ldi. Festival, umuman olganda, murakkab 2020-yildagi yagona festival bo‘ldi.

Dastlabki ikki yil nimani namoyish etdi?

Festival yetakchi kreativ agentliklar uchun yaxshigina maydon bo‘ldi, ammo brendlar va reklama bozorining salmoqli qismi hanuz chetda, tanlovning amaliy foydasi va reklamaning bir zumlik emas, balki butun biznesga rag‘bat beruvchi sifatidagi foydasini yetarlicha tushunmaydigan kuzatuvchi bo‘lib qolaverdilar.

Ammo, hamma narsa o‘zgaradi.

Yaxshi reklama biznesni rivojlantiradi. Ayni haqiqatmi? Shubhasiz. Yaxshi reklama qanday bo‘ladi? U qanday ishlaydi? Iste'molchini harakatga undaydimi? To‘g‘ri tanlov qilishga ko‘mak beradimi?

TAF! eng yaxshi reklama tanlovi bu yil mana shunday savollarni o‘rtaga tashlaydi va reklama agentliklari bilan birga o‘z maqsad va vazifalari yo‘lida mana shunday reklamani yaratuvchi eng faol brendlarni qatnashishga taklif etadi.

Hakamlar kim?

Yetakchi brendlar marketologlari va reklama sohasi ekspertlari, shuningdek ochiq ovoz berishda qatnashuvchi iste'molchilarning o‘zlari. Butun sentyabr davomida butun mamlakat eng yaxshi reklama uchun ovoz beradi, 9-oktyabrda esa, brendlarning o‘z iste'molchilari bilan birgalikdagi haqiqiy yutuqlar bayrami o‘tkaziladi!

Birinchi marta iste'molchilar bilan samarali muloqotning muhimligi haqida, ularga nisbatan hurmat va muhabbat to‘g‘risida, professionalizm va reklama kommunikatsiyalarining natijaviyligi borasida so‘zlovchi tanlov o‘tkazilmoqda. U iste'molchi bilan samarali kommunikatsiya to‘g‘risidagi tanlov bo‘ladi.

Tanlov har bir brendni, har bir agentlikni kutmoqda! Hayotimizni qulayroq, o‘ng‘ayroq qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildiradi va buni maksimal darajada samarali yetkazishga intiladi.

Bizga qo‘shiling! O‘z muvaffaqiyatingizni reklama qiling, o‘z iste'molchilaringiz uchun eng yaxshi brendga aylaning!

Nominatsiyalar, hakamlar va muddatlari bilan bu erda tanishing!

#TAF21