MJ Developers – III MAKON Marketing Forum 2021 xalqaro marketing biznes-forumining rasmiy hamkori

21 Май, 2021

MJ Developers – III MAKON Marketing Forum 2021 xalqaro marketing biznes-forumining rasmiy hamkori

MJ Developers - integratsiyalangan aqlli shaharlarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan, ko‘chmas mulkni rivojlantirish bo‘yicha strategik tashkilot. Rais janoblari Murari La'l Jalan rahbarligi ostidagi tashkilot birinchi navbatda oliy toifadagi aqlli shaharlarni investitsiyalash va rivojlantirishga qaratilgan.

Murari Jalan va uning MJ Developers kompaniyasi qurilish biznesi bilan 15 yildan ziyod davrdan buyon shug‘ullanib keladi va BAA, Braziliya, Rossiya hamda Hindiston kabi mamlakatlarda yirik loyihalarni amalga oshirgan.

MJ Developers butun respublika bo‘ylab 4 ta o‘ta yirik loyihalarni qurmoqda:
• Hyatt Regency Bukhara – Buxorodagi birinchi 5 yulduzli mehmonxona (2,75 ga)
• Namangan maydoni – (18 ga) Namangandagi aqlli shahar
Minerva City (https://minervacity.uz/) - (100 ga) Toshkentdagi aqlli shahar
• Leyk-Siti - (100 ga) Toshkentdagi aqlli shahar.

Biznes-forumda uchrashamiz.

YouTube MAKON MARKETING