Mixail Pishvanov (Rossiya) – III MAKON Marketing Forum 2021 xalqaro marketing biznes-forumi ma'ruzachisi
12 Май, 2021

Mixail Pishvanov (Rossiya) – III 2021 xalqaro marketing biznes-forumi ma'ruzachisi
Mixail “Vosxod” biznes uchun kreativ yechimlar reklama agentligining boshqaruvchi hamkori sanaladi.
”Vosxod” agentligi haqida so‘zlovchi ayrim raqamlar:
- 24 yillik muvaffaqiyatli faoliyat
- xalqaro tanlovlarda 310 ta sovrin
- “Kann arslonlari” festivalining 10 ta sovrinini qo‘lga kiritgan rossiyalik yagona agentlik
- 2012-yildan buyon Rossiya reklama agentliklari ichida kreativlik reytingida 1- o‘rinni egallab kelmoqda
Vosxodchilar aytadilar:
“Biz va mijozlarimiz – yagona jamoa”.
Nima deysiz, bu mumkinmi?
Uyg‘unlikka, o‘zaro tushunishga erishish va uni unumli o‘zanga yo‘naltirish yo‘llari haqida Mixail 22 mayda biznes-forumdagi o‘zining “Marketing – o‘zaro tushunishning universal tili sifatida. Bobil quruvchilarining xatolarini qanday chetlab o‘tish mumkin: Rosiya top-kreativ agentligining tajribasi” nomli chiqishida so‘zlab beradi.
MAKON Marketing Forum