Marketolog kuni va reklama xodimi kunini tanlaymiz!

24 Ноябрь, 2021

19-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda muhim savol berdik.

Nega O‘zbekistonda Marketolog kuni va Rekama xodimi kuni yo‘q?

Bugungi kunda har bir biznes uchun suv va havodek zarur kasblar hali ham o‘z kasbiy bayramiga ega emas. Mamlakatimizda hamkasblarni dilda quvonch bilan tabriklab, bir piyola choy atrofida jam bo‘lish mumkin bo‘lgan bitta ham rasmiy kun yo‘q!

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi va O‘zbekiston marketing uyushmasi bu vaziyatni to‘g‘rilashga va marketologlar hamda reklamachilar bayramlari nishonlanadigan ikkita sanani belgilashga qaror qildilar.

Sanalarni belgilash masalasi juda muhim va shu sababli, butun professional marketing va reklama hamjamiyatining qo‘llab-quvvatlashi talab etiladi.

Taklif va istaklaringizni sanalar bo'yicha maxsus blankda yuborishni so'radik. Javob bergan va o'z fikrlarini bildirgan barchaga rahmat.

Natijada, ma'lum bir sanani tanlash uchun asosga ega bo'lgan quyidagi takliflar olindi. Keling, ularning barchasini ko'rib chiqamiz va keyin ovoz beramiz.

MARKETOLOG KUNI

28-yanvar

1998-yil 28-yanvar – “Ta'lim xizmatlari ko‘rsatish bozorini shakllantirishni va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror qabul qilingan sana.

19-oktabr

2019-yil 19-oktyabr – Birinchi “MAKON Marketing Forum” marketing bines-forumi o‘tkazilgan sana.

25-oktabr

1975-yil 25-oktabr – SSRI Tashqi savdo vazirligida Marketing va reklama boshqarmasi tashkil etilgan sana

29-dekabr

2016-yil 29-dekabr – O‘zbekiston marketing uyushmasi tashkil etilgan kun

REKLAMA XODIMI KUNI

19-aprel

2016-yil 19-aprel - Birinchi ADWEEK marketing va reklama haftaligi boshlangan kun

26-avgust

1996-yil 26-avgust – Toshkentda birinchi ijtimoiy tashqi reklama paydo bo‘ldi

23-oktabr

1994-yil 23-oktabr Rossiyada norasmiy nishonlanadi. Talqinlardan biriga ko‘ra, uning tashabbuschisi qandaydir Alan Ardasenov ismli talaba, “Delovoy ekspress” gazetasining reklama agenti bo‘lib, o‘sha kuni u o‘zining birinchi buyurtmasini olgan.

25-dekabr

1998-yil 25-dekabr – O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi.

Tanlash uchun havolaga o’ting:

https://t.me/MakonMF