Korzinka supermarketlar tarmog‘i– "2021- Yil Brendi" Mukofoti va MAKON Marketing Forum 2022 IV Xalqaro biznes forumining VIP hamkori
"2021- Yil Brendi" Mukofoti va MAKON Marketing Forum 2022 IV Xalqaro biznes forumining VIP hamkori
Korzinka supermarketlar tarmog‘i
Mana 25 yil mobaynida Korzinka chinakam xalqona supermarketlar tarmog‘iga, brend esa o‘zbekistonliklarning katta qismi uchun qadrdon nomga aylanib ulgurdi. Tarmoqqa 1996-yilda asos solingan va hozirga kelib, o‘z bag‘riga 80ga yaqin supermarketni qamrab oladi. 2021-yilda Korzinka rebrending va brendning yangicha pozitsiyalanishi haqida e'lon qildi.
Barchamizga tanish oddiy xarid jarayonini odatdagidan qulay, yoqimli taassurotlar keltiruvchi zavqli sayohatga aylantirish – Korzinka brendining bosh maslagi sanaladi.
“Biz har kun yangi marralarni zabt etish uchun ijobiy tomonga o‘zgarmoqdamiz, odatdagidan yaxshi bo‘lish niyatida esa har kun o‘z ustimizda shijoat ila ishlayapmiz. Supermarketlarimizning yanada zamonaviy konseptini ishga tushirganimizga ko‘p bo‘lmadi — yangi uslubimiz doirasida makon va dizayn masalalarini qayta ko‘rib chiqdik, zamonaviy texnologiyalar va qulay, tushunarli harakatlanish yo‘nalishini tatbiq etdik. Ushbu o‘zgarishlarni boshlashga ahd qilganimizdan mamnunmiz, biroq biz baribir sizning o‘sha-o‘sha sevimli va qadrdon Korzinka’ngiz bo‘lib qolaveramiz”, — deydi korxona asoschisi Zafar Hoshimov.
KORZINKA – ODATDAGIDAN YAXSHI!