“Uzinsurance” MAKON Marketing Forum 2022 IV xalqaro biznes-forumi va “2021-Yil Brendi” V mukofoti VIP-hamkori
MAKON Marketing Forum 2022 IV xalqaro biznes-forumi va “2021-Yil Brendi” V mukofoti VIP-hamkori
“Uzinsurance” sug‘urta kompaniyasi
“Uzinsurance” sug‘urta faoliyati tasnifiga muvofiq sug‘urtalashning barcha 17 ta toifasi bo‘yicha majburiy va ixtiyoriy shakldagi umumiy sug‘urtalash tarmog‘ida sug‘urta faoliyatini olib boradi. Kompaniya yangi sug‘urta turlarini joriy etishga katta e'tibor beradi va bugungi kunda o‘z mijozlariga 100 dan ziyod sug‘urta xizmatlarini taklif etadi.
Chekka qishloq joylarda yashovchi aholining sug‘urtaviy muhofazasi darajasini oshirish maqsadlarida 200 ta atrofida agentlik vakillari ishlamoqda.
Bugungi kunda kompaniya nafaqat yirik shaharlarda, balki mamlakatning eng chekka tumanlarida ham sifatli sug‘urta xizmatlarini taqdim etmoqda. Bugungi kunda “Uzinsurance” – bu respublika bo‘ylab 191 ta sotuvlar markazi, 10 038 ta agentlikdir.