Soch va badanni parvarishlash vositalarini ishlab chiqaruvchi Schwarzkopf kompaniyasi MAKON Marketing Forum 2022 IV xalqaro biznes-forumi va “2021-Yil Brendi” V mukofoti VIP-hamkori

20 Апрель, 2022

MAKON Marketing Forum 2022 IV xalqaro biznes-forumi va “2021-Yil Brendi” V mukofoti VIP-hamkori

Soch va badanni parvarishlash vositalarini ishlab chiqaruvchi Schwarzkopf (http://schwarzkopf.ru/) kompaniyasi

Birinchi shampun', birinchi soch uchun lak, dunyoga mashhur soch uchun bo‘yoqlar va go‘zallik borasida yangicha, o‘zgacha tasavvur: Schwarzkopf tarixi innovasiyalar bilan chambarchas bog‘liq. Schwarzkopfning 120 yillik tarixi – bu 120 yillik o‘ziga xoslik va ijodga mudom intilish, shuningdek zamonaviy tendensiyalar va davr talabiga sadoqatdir.

Hammasi Berlindagi kichik dorixonadan boshlangan: Hans Shvarskopf sochlar parvarishi bo‘yicha ilk innovasion vositalarni ishlab chiqdi va ular tezda butun dunyoni zabt etdi.
Bugungi kunda Schwarzkopf Hankel konsernining bir qismi va eng muvafffaqiyatli brendlardan biri sanaladi. Kompaniya sochni parvarishlash bo‘yicha eng ilg‘or vositalarni taklif etadi.

Schwarzkopf yuqori sifatli mahsulotni ishlab chiqaribgina qolmay, ichki dunyolarini ifodalash va o‘zgarish borasida cheksiz imkoniyatlar hadya etish orqali, mijozlarga o‘zlarining asl go‘zalliklarini yuzaga chiqarishda ham yordam beradi.

Schwarzkopf portfelidan brendlarning katta ro‘yxati joy olgan. Bugungi kunda O‘zbekistonda quyidagi brendlar taqdim etilgan: Palette, Syoss, Taft, Gliss Kur, Fa, Luminance, Schauma, Shamtu.

Schwarzkopf – ASL GO‘ZALLIK SARI BIRGALIKDA!!!

Mukofot va Forum sayti – marketing.uz

Batafsil
97 402 28 20 Dilnoza