GROSSTanlov: mahoratli sotuvchilar uchun chaqiriq

20 Май, 2024

2024 yilning 19 may kuni MAKON Marketing Forum VI xalqaro marketing biznes forumida Professional sotuvchi-menejerlar (sales-menejerlar) uchun GROSSTanlovga start berildi. G‘olib oktyabr oyida – Toshkent TAF! reklama festivalida e’lon qilinadi.

Gross sug‘urta kompaniyasi va O‘zbekiston marketing uyushmasi mamlakatimizdagi sales-menejerlar orasida GROSSTanlovga start berilganligi haqida e’lon qildi. Ushbu tanlov sotuvlarga oid yangi uslublar va texnologiyalar joriy qilinishini rag‘batlantirish, taqdim qilinayotgan xizmatlar sifatini oshirish va sales-menejerlarni yanada samarali natijalarga erishishga undash uchun xizmat qiladi.

GROSSTanlovda ishtirok etish faoliyat ko‘rsatishi sohalaridan qat’i nazar barcha sales-menejerlar uchun ochiq bo‘lib, bunda ma’lum ish tajribasi va o‘z mijozlar bazasi mavjud bo‘lishi shart hisoblanadi.

Tanlov uch bosqichda bo‘lib o‘tadi.

GROSSTanlovda ishtirok etishni istagan sales-menejerlar 2024 yilning 15 iyuniga qadar grossmaster.uz saytida yoki https://t.me/GrossMasterBot TG-bot orqali ariza topshirishlari kerak. Tashkiliy qo‘mita berilgan arizalarni ko‘rib chiqqanidan keyin, ishtirokchilar intervyu uchun taklif qilinadi. Shundan so‘ng tanlov ishtirokchilari Gross sug‘urta kompaniyasida treningdan o‘tadi hamda shartnoma tuzishi va sug‘urta mahsulotlari sotuvlarini boshlashi mumkin bo‘ladi. GROSSTanlov Hakamlar hay'ati tarkibiga sug‘urta, marketing va sotuvlar sohasida yetakchi ekspertlar kiradi.

G‘olib oktyabr oyida e’lon qilinadi, uning nomi esa Toshkent TAF! reklama festivalida ma’lum bo‘ladi. Tanlovning barcha ishtirokchilari sug‘urta mahsulotiga bog‘liq holda sotuvlarning 55 foizigacha hajmida bonuslar oladi. Tanlov g‘olibi Zeekr kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy distribyuteridan xarid qilingan o‘ziga xos uslubga ega shahar krossoveri – Zeekr X elektromobili bilan taqdirlanadi hamda shaxsiy brendi tanilishida qo‘llab-quvvatlanadi. Tanlovda ayol kishi g‘olib bo‘lganida esa, avtomobil bilan bir qatorda yana qo‘shimcha sovrin ham berilishi nazarda tutilgan.

Ma’lumotnoma:

Gross sug‘urta kompaniyasiga 2011 yilning noyabr oyida asos solingan. Kompaniya yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida sug‘urtaning 17 ta klassi bo‘yicha xalqaro standartlar darajasida kompleks sug‘urta xizmatlarini ta'minlaydi.

Mamlakatimiz bo‘ylab Kompaniyaning Markaziy ofisi va 48 ta filiali faoliyat yuritmoqda.

Gross sug‘urta kompaniyasining 13 yillik tarixi — bu 1 mln dan ortiq minnatdor mijozlar, 100 dan ortiq sug‘urta mahsulotlari va ishonchlilikning eng yuqori darajasi demak.

Videoni ko'ring