Kapitalbank – TAF!22 to‘rtinchi Toshkent reklama festivalining Titul hamkori

27 Сентябрь, 2022

“Kapitalbank” ATB – O‘zbekistondagi 2,2 mlrd dollarlik aktivga ega eng yirik xususiy bank. Bank 2001-yilda ish boshlagan va bugungi kunda 1,4 mln.dan ziyod xususiy va qariyb 39 ming korporativ mijozga xizmat ko‘rsatadi. Bank bo‘limlari mamlakatning barcha hududlaridagi 20 ta shaharda faoliyat yuritadi. Har kuni bank bo‘limlari taqriban 7 ming mijozga xizmat ko‘rsatadi. Bunda, O‘zR MB tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, “Kapitalbank” xizmat ko‘rsatish sifatiga ko‘ra eng yaxshi beshtalikka kiradi.

“Kapitalbank”ning missiyasi – biznesni rivojlantirish, farovonlikni oshirish va turli-tuman vazifalarni hal qilish uchun keng ko‘lamli moliyaviy servislarni taklif etib, biznes va xususiy mijozlar uchun ishonchli va muvaffaqiyatli hamkor bo‘lish.

Bank yangiliklari va mahsulotlari haqida batafsil:
www.kapitalbank.uz
facebook.kapitalbank.uz
instagram.kapitalbank.uz
t.me/kapital24