“Beeline Uzbekistan” xalqaro marketing forumini yana onlaynga olib chiqadi
21-may kuni Toshkentda “MAKON Marketing Forum 2022” xalqaro marketing biznes forumi boʻlib oʻtadi. Forum doirasida Oʻzbekiston, Italiya, Qozogʻiston va Rossiyadan mutaxassislar ishtirok etishadi. Taniqli marketologlar va yirik kompaniyalarning top-menejerlari hamkasblari bilan menejment, marketing va savdo bo‘yicha tajribalari bilan bo’lishadilar, strategik rejalashtirishning muvaffaqiyatli keyslari va sirlari haqida suhbatlashadilar.
“Beeline Uzbekistan” digital-hamkor sifatida barcha forum tadbirlarini jonli translyatsiya qilish imkoniyatini taqdim etadi.
Forum tadbirlarida nafaqat shaxsan, balki onlayn tarzda ham qatnashish mumkin bo‘ladi. Gibrid ishtirok formati ikkinchi yildirki Beeline TV xizmatidan foydalangan holda jonli efirni tashkil etayotgan “Beeline Uzbekistan” tufayli mumkin bo‘ldi.
Beeline TV yuklab oling