Davron Abidovdan qadrli sovg'a

01 Июнь, 2021

MAKON Marketing Forum biznes-konferensiyasi yorqin va salmoqli voqealarga boy bo‘ldi

Ulardan biri – bu qimmatli sovg‘aning tantanali topshirilishidir
22-mayda “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida mamlakatimizning yetakchi marketologlaridan biri O‘zbekiston Marketing uyushmasiga marketing.uz domenini sovg‘a qildi.
Bu haqiqatan salmoqli voqea bo‘ldi, uning uchun o‘z minnatdorchiligimizni izhor qilamiz. Qolaversa, qayta nomlangandan keyin biz abbreviaturalardan voz kechishni va barchaga O‘zbekiston Marketing uyushmasining qisqartirilgan nomi marketing.uz ekanligini e'lon qilishni lozim topdik.
marketing.uz domeni O‘zbekiston marketing tarmog‘ining rivojlanishi uchun xizmat qiladi, deb va'da beramiz!