Boshqa jim turib bo’lmaydi!
EVOS va Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan ro‘y bergan so‘nggi voqealar keng ko‘lamdagi – ishlab chiqarish, menejment, moliya, marketing, HR kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan ishlarni amalga oshiruvchi ulkan tashkilotlar ishlar ko‘lami jihatidan arzimas kommunikatsiyaviy xatolarga yo‘l qo‘yganliklarini ko‘rsatdi. Bitta puxta tayyorlanmagan va o‘ylanmagan xabar jamoatchilik rezonansini uyg‘otdi va obro‘ga muayyan ta'sir ko‘rsatdi.
Bugungi kunda iste'molchilar va bozorning boshqa mantfaatdor ishtirokchilari – hamkorlar, yetkazib beruvchilar, raqobatchilar, davlat organlari bilan samarali va sifatli kommunikatsiya obro‘ga va, pirovardida, kompaniyaning bozordagi muvaffaqiyatiga sezilarli ta'sir ko‘rsatishi har qachongidan ham ko‘ra yaqqolroq namoyon bo‘lmoqda. Keyingi voqealar buning ochiq-ravshan isbotidir.
Bu, qisman, TAF! Toshkent reklama festivalining eng yaxshi reklama tanlovi reklamaning kreativ jihatini baholash formatidan voz kechib, brendlarga iste'molchilar bilan samarali kommunikatsiya keyslarini namoyish etish imkonini berishga e'tibor qaratganligi sababini izohlaydi.
Bunday qarorga kelish oson kechmadi. Uch yil davomida muvaffaqiyatli rivojlangan va o‘zini yaxshi tomondan namoyon etgan, ko‘plab reklama agentliklari va festival hamkorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, hammaga tushunarli formatdan voz kechishning o‘zi bo‘lmadi.
Ammo, ham tijorat, ham notijorat segmentidagi brendlarning muammolarini, kundalik kommunikatsiyadagi tanazzularni ko‘rib, biz ajoyib kreativ natijasi bo‘luvchi “vau-samara”ni baholashdan voz kechishga va xatarlar nuqtai nazaridan har qanday kompaniya rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega samarali kommunikatsiyalar orqali brendlarning strategik rivojlanishi bilan har kuni va izchil shug‘ullanuvchi marketing jamoalarini qo‘llab-quvvatlashga qaror qildik.
Aynan mana shu sababli, bu yilgi tanlovda keyslar brendlarning komunikatsion samaradorligiga bevosita bog‘liq 10 ta nominatsiya bo‘yicha baholanadi. Axir, ro‘y bergan voqyea – bu har kuni o‘z iste'molchilari bilan kommunikatsiya masalalarini hal qiluvchi maydaroq va shuhrat cho‘qqisiga chiqmagan kompaniyalarning minglab xatolaridan iborat aysbergning cho‘qqisigina, xolos. Bu xatolar bunchalik katta rezonansga ega bo‘lmaydi, ammo kompaniyalar tushumlarini sezilarli kamaytiradi, ba'zida eng jasur biznes-rejalarni barbod qiladi.
Boshqa jim turib bo‘lmaydi! Keling, professional kommunikatsiyalarni rivojlantiramiz, O‘zbekistonda haqiqiy zamonaviy biznesni jonlantiramiz! Keyingi voqealar TAF! Toshkent reklama festivali to‘g‘ri yo‘lda ekanligini ko‘rsatdi.